Jizzax filiali


“Institut” va “norma” tushunchalarining mohiyati



Yüklə 119,82 Kb.
səhifə4/7
tarix22.04.2023
ölçüsü119,82 Kb.
#101622
1   2   3   4   5   6   7
1 topshiriq (1)institutsionali

5. “Institut” va “norma” tushunchalarining mohiyati
Institut – bu jamiyat a’zolari o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni belgilab beruvchi rasmiy qoidalar va norasmiy normalar tizimi. Institutlar asosini uning tarkibiy qismlari hisoblangan normalar tashkil etadi.
Norma – institutsional muhitda individlarning o`z tanlovini amalga oshirishda foydalaniladigan asosiy unsur hisoblanadi. Ushbu unsur: tartibni saqlash funksiyasiga ega; o`zaro hamkorliklar tizimida majburiy xatti-harakat bajarilishini talab etadi; shaxslar xatti-harakatidagi ijtimoiy, iqtisodiy, yuridik sanksiyaga tayanuvchi muntazamlik hamda muqarrarlikni aks ettiradi; shaxsning turli vaziyatlarda o`zini qanday tutishi lozimligini belgilaydi. Norma amal qilishi uchun talab etiladigan tarkib beshta unsurdan iborat:
individlarning guruhlanish belgilari;
muqarrarlik omili (kerak yoki kerak emas);
maqsad;
norma harakatda bo`lgan shart-sharoitlar;
sanksiyalar.
Ajratilgan ushbu 5 ta unsur normalarning turli xillarini cheklash imkonini beradi, ya’ni g`amkorlik strategiyasini, xususan, normaning o`zini (tor ma’noda) va qoidalarni. Norma xillari quyidagilarga bo`linadi:
Torroq ma’noda norma kelishuv tushunchasiga mos keladi. Chunki kelishuv ko`rsatmasini bajarish o`ta ixtiyoriy xususiyatga ega. Qoidaga o`tishda ko`rsatmalarni bajarishning ixtiyoriy xususiyati yo`qoladi, ya’ni bunda sanksiya ishga tushadi.
Normaning inson xatti-harakatiga ta’siri haqidagi munozara sotsiologiya va iqtisodiy nazariya o`rtasidagi chuqur tarixiy ildizga ega bo`lgan qarama-qarshilik bilan bog`liq. Sotsiologlar normada insonlar xatti-harakatining ularga tashqaridan berilgan va ekzogen xususiyatga ega bo`lgan mutlaq naimjasini ko`radilar. Homo sociologicus xatti-harakati umuman olganda jamiyatning normativ tarkibi bilan aniqlanadi. Normalarning o`zlari esa, sotsiologlarning fikriga ko`ra, jamiyat xususiyatlaridan hosil bo`lgan va uni takror ishlab chiqarish vazifasini ko`zlaydi.
Iqtisodchilar esa klassik siyosiy iqtisod davridan buyon normalarning bunday talqin etilishiga qo`shilmaydilar. Chunki norma tanlash erkinligini istisno etadi. Homo economicus o`z tanlovida, shu jumladan norma tomonidan qo`yiladigan cheklovlardan holi. Iqtisodchilar shaxs tanlovining institutsional cheklovchisi sifatida normalarning mavjud bo`lishini umuman inkor etadi. Yoki normalarga oqilona izoh berishga, aniqrog`i, ularda tashqaridan berilgan xatti-harakat natijasini emas, balki anglab yetilgan tanlov natijasini ko`rishga intiladi.
Umuman olganda, ijtimoiy tanlash nazariyasida normalar: oqilona tanlash natijasi sifatida qaraladi. Kelishuvlar iqtisodida esa normalar oqilona xatti-harakatning omili sifatida tahlil qilinadi.
Ijtimoiy tanlash nazariyasi (D.Byukenen) birinchi galda siyosiy tanlov natijasini aks ettiruvchi va huquqda qayd etiladigan yuridik normani o`rganadi. Yuridik normalarni izohlash uchun oqilona tanlashning neoklassik modelidan foydalaniladi. Xususan, shu narsa nazarda tutiladiki, Byukenen uchun siyosat - bu huddi insonlar bozorda faqat o`z afzal bilishlariga amal qilgan holda tovarni xarid qilgani kabi, uning asosida ular turli xil muqobil variantlarni, ularni o`z qadr-qimmati bilan qiyoslagan holda, tanlaydigan murakkab institutsional jarayon hisoblanadi. Boshqa so`z bilan aytganda, norma va qoidalar siyosat bozorida shaxslar o`rtasidagi o`zaro hamkorlik natijasida paydo bo`ladi. Bundan normalarni baholashning navbatdagi mezoni – ularning samaradorligi kelib chiqadi. Normalar faqat ular o`ziga xos qadr-qimmatga asoslanganda samarali bo`lib, yakka manfaatlarni o`zaro foydali tarzda amalga oshirishga ko`maklashadi .
Ijtimoiy tanlash nazariyasiga xos bo`lgan oqilona tanlov modeli yordamida normalarni talqin qilishdan farqli ravishda, kelishuvlar iqtisodi normalarga amal qilishda (bunda normalar tashqaridan berilgan) ekzogen hisoblanishiga qaramasdan, oqilona xatti-harakatning omilini ko`rishni taklif etadi. Bunday bir qarashda o`ziga xos xususiyatga ega bo`lgan oqilona tanlash natijasi hisoblanmagan normalarni bajarish, oqilona xatti-harakatning shartiga aylanadi. Ammo bozordagi bitimlar ishtirokchilarining oqilonalik talabi ushbu o`ziga xoslikni izohlash imkonini beradi.

Yüklə 119,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin