[Last Name] 10
Davlat moliyasi — davlat ixtiyorida pul jamgʻarmalarining
tashkil
etilishi, taqsimlanishi va sarflanishi sohasidagi
moliyaviy munosabatlar. D.m.ning mablagʻlari umummilliy
manfaatlar yoʻlida sarflanadi, davlatning funksiyalarini
bajarishga xizmat qiladi. D. m. pul jamgʻarmalari,
moliya
mexanizmi, davlatning moliyaviy institutlari (idoralari) va
moliya siyosatini oʻzida mujassamlashtiradi. D. m. tarkiban
davlat byudjeti, mahalliy (munitsipal) byudjetlar, davlat
korxonalarining moliyasi (ularning byudjeti),
hukumatga
qarashli maxsus jamgʻarmalar, davlat krediti (davlat qarz olgan
va qarzga beradigan vositalari) kabi turlarga bulinadi.
Birinchi marta “D. m.” atamasi 16-asrda Fransiyada ishlatila
boshladi. Oʻsha davrda D. m. turli soliqlar tarzida maydonga
keldi. Yirik davlatlarning vujudga kelishi va ular harajatlarining
ortib borishi bilan nakd pulga ehtiyoj oʻsdi,
natijada xalqdan
olinadigan soliqlar, asosan, pul shaklida yigʻib olinadigan
[Last Name] 11
boʻldi, majburiy soliklar va zayomlar davlat zayomlari bilan
almashindi. Buning oqibatida D. m.ning murakkab tizimi
vujudga keldi.
Hoz. Vaqtda davlatning iqtisodiy va
moliyaviy siyosatini
amalga oshirishda D. m. katta ahamiyatga ega. U takror i. ch.
Jarayonlarini taʼminlash, xalqning moddiy va maʼnaviy turmush
farovonligini oshirish, davlat organlarini mablagʻ bilan
taʼminlash, mamlakat iqtisodiyotini oʻstirish, xalq xoʻjaligini,
ijtimoiy sohani moliyalashtirish,
iqtisodiyotni investitsiyalash,
aholini ijtimoiy himoya qilish, milliy xavfsizlikni taʼminlash,
davlatni idora qilish va b. da yetakchi vosita hisoblanadi.
Doimiy daromadlardan olinadigan moliyaviy resurslar
yetishmagan hollarda qarzlar qoʻllaniladi, ularning hajmi va
ularga xizmat koʻrsatish tartibi ham iqtisodiyot holatiga taʼsir
koʻrsatadi. Soliq imtiyozlari Moliya siyosatining muhim
usullaridan
biri hisoblanadi, ularning yordami bilan davlat
[Last Name] 12
iqtisodiyotning muhim tarmoqlari taraqqiyotini tezlashtirishi,
aholining ayrim qatlamlari yoki toifalarining daromadiga
bilvosita taʼsir etishi mumkin. Imtiyozlar va soliqsolish
boʻyicha preferensiyalar keyingi oʻn
yilliklarda taraqqiy etgan
mamlakatlar iqtisodiyotida ayniqsa keng rivojlanmoqda.
Moliya siyosati davlat siyosati, mikrodarajada korxona,
tashkilotlar va xonadonlar Moliya siyosatidan iborat. Moliya
siyosatining tarkibiy qismi — byudjet siyosatining maqsadi
davlat harajatlarini muqim ravishda pul bilan taʼminlashdir.
Buning uchun byudjetning daromad qismi taʼminlanadi,
byudjet
daromadi va harajatlari balanslashtiriladi, byudjet taqchilligini
meʼyorida (YAIMga nisbatan 3%) boʻlishiga erishiladi.