[Last Name] 7
holatini
baholaydi, moliyaviy resurslarni oshirish
imkonyatlarini, ulardan eng samarali foydalanish yo’nalishlarini
aniqlaydi. Rejalashtirish jarayonida boshqarish qarorlari
moliyaviy ma’lumotlar tahlili asosida qabul qilinadi . Shuning
ushun bunday ma’lumotlar yetarlicha to’la va haqqoniy
bo’lmog’i lozim. Ma’lumotlarni haqqoniy va o’z vaqtida
olinishi asoslangan qaror qabul qilinishini ta’minlaydi.
Tezkor (operativ) boshqarish bu – mavjud
moliyaviy holatni
tezkor ( operativ ) tahlil qilish asosida moliyaviy resurslarni
qayta taqsimlash yordamida minimal xarajat qilib maksimal
samaraga erishishga qaratilgan chora – tadbirlar
yig’indisidir.Tezkor (operativ) boshqarish egilivchanlik
xususiyatga egadir.
Nazorat – boshqaruv elementi sifatida bir vaqtining o’zida
moliyani rejalashtirishda hamda tezkor (operativ) boshqarishda
qo’llaniladi. Nazorat haqiqiy natija bilan erjadagi
[Last Name] 8
ko’rsatkichlarni taqqoslashga
yordam beradi , moliyaviy
resurslarni o’sish rezervlarini aniqlaydi va samarali xo‘jalik
yuritsh yo’llarini ko’rsatib beradi.
Moliya — markazlashgan va markazlashmagan maqsadli pul
fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va qayta taqsimlash
yoki ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan
iqtisodiy
munosabatlarga aytiladi. Moliya iqtisodiyotning pul sektorida
yuzaga keladi va daromadlar asosida yuz beradi. Pul sektori pul
va pulga tenglashtirilgan aktivlarning harakati boʻlib, buning
natijasida pul fondlari vujudga keladi. Maqsadli pul fondlari —
bu Moliya resurslari yoki Moliya obʼyektidir. Moliya subʼyekti
shu fondlarni yaratish, taqsimlash
va ishlatishda ishtirok
etuvchilar, yaʼni korxonalar (firmalar), turli xoʻjaliklar,
xonadonlar, nodavlat jamoat tashkilotlari va davlat idoralaridan
iborat. Moliya daromad hosil qilish va uni sarflashni anglatadi.
[Last Name] 9
Daromadlar ilk bor, yaʼni birlamchi taqsimlanganda korxona,
davlat va xonadon Moliyasi yuzaga keladi.
Milliy iqtisodiyotning boʻgʻinlariga qarab turli darajada Moliya
amal qiladi. Uning asosiy boʻgʻini quyi darajadagi yoki
mikromoliyadir. Bunga korxona Moliya si (buni
korporativ
Moliya deb yuritiladi), xonadon Moliyasi, jamoat tashkilotlari
Moliyasi, sugʻurtalash Moliyasi kabilar kiradi. Davlat Moliyasi
makrodarajadagi Moliyani tashkil etadi va milliy manfaatlarga
xizmat qiladi. Niqoyat milliy iqtisodiyotning
eng yukrri darajasi
bu metimoliya boʻlib, bu tabiatan xalqaro Moliya munosabatlari
hisoblanadi, mamlakatlararo yuz beradi, xalqaro Moliya
tashkilotlari orqali amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: