Jizzax politexnika instituti “servis” fakulteti


“Jizzax neft baza” MCHJda



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə6/10
tarix05.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#173733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
korxona xodimlari mehnatini rag\'batlantirish

2.2. “Jizzax neft baza” MCHJda xodimlarni rag’batlantirishning rivojlangan mamlakatlar tajribasi.

O’zbekistonda mehnat omilini rivojlantirish davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor vazifasi sifatida belgilanar ekan, bu sohadagi xorij mamlakatlari tajribasi ham hisobga olingan.

Iqtisodchi olimlar jahxon mamlakatlarida xodimning mehnati motivatsiyasi tizimini tashkil etishda uchta modelni farqlaydilar:

1.Evropa modeli. U ijtimoiy davlat modeli sifatida ham ta’riflanib, mehnat motivatsiyasi tizimini tashkil etishda davlatning ishtiroki nazarda tutiladi. Bu model Shvetsiya, Daniya, Germaniya, Norvegiya, Frantsiya, Finlyandiya kabi mamlakatlarga xosdir.

2. Amerika modelida mehnat motivatsiyasi tizimini tashkil etishda davlatning ishtiroki nisbatan kamrokdir. Bu tizim ko’prok AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya, YAngi Zelandiya kabi davlatlarga taalluklidir.

3. Osiyo modeli. Ko’proq Yaponiya, Janubiy Koreyaga xos bu motivatsiya tizimi asosida xodim o’zaro munosabatlarida bir-biriga hurmat, kata yoshdagilarga izzat-ikrom, o’zaro ishonch yotadi. Yapon menejmentining yetakchilari K.Matsusita va A.Morita korxona strategiyasi va tashkiliy tuzilmasi asosiga inson xohish - istagi va qobiliyati qo’yilishi kerak degan qoidani ilgari suradilar. A.Moritaning ta’kidlashicha, “Birorta nazariya, dastur yoki hukumat siyosati korxona muvaffaqiyat qozonishini ta’minlay olmaydi. Buni faqat insonlar ta’minlay oladilar”. “HPU”, “Mitsubishi”, “Toyota”, “Nissan” kabi yirik yapon kompaniyalarining ishlab chiqarishni tashkil etishdagi tajribalari, ularning ulkan muvaffaqiyatlari bevosita ana shu tamoyilga tayangan holda xodimni mehnatga eng samarali ravishda qiziqtira olganliklari samarasi ekanligidan dalolat beradi.

Xususan, A.Morita tomonidan “HPU” kompaniyasi uchun ishlab chiqqan asosiy tamoyillari quyidagilardan iboratdir:

-kompaniya uchun yirik maqsadlarni tanlash va xodim oldiga ulkan ilmiytexnikaviy vazifalarni quyish;

-xodimda bir oila a’zolari xis-tuyg’ularini shallantirish va butun choralar bilan rag’batlantirish;


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin