Umumiy xonaning markazida oranjereya joylashgan, uni qo‘lda
boshqariladigan
to‘rparda yordamida ajratib qo‘yish mumkin.
Issiqlik nurlanishi janubiy fasadning tromb devori to‘ridagi devor oraliqlarida
sodir bo‘ladi: beton devorlar tashqarisidan qora rangga bo‘yalgan, 30 sm qalinlikka
ega bo‘lib, oynavandlangan. Havo pol sathi va 1 – qavat shifti tagida tirqishlar orqali
aylanadi. Issiqlikning ortiqcha miqdori qora spol plitkalar bilan qoplangan beton asos
tomonidan yutiladi. Bosh xona markazida havo yuqori sathga ko‘tarilib, yotoqxonani
isitish imkoniyatini beruvchi issiq havo uchun orayopmadagi tirqish (2,0x2,5 m)
joylashgan. Tom yopmadagi deraza orqali xuddi shu usulda yozgi vaqtda binoni faol
shamollatish amalga oshiriladi. Uyning isitiladigan maydoni 200 m
2
ni tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: