Birinchi tur – yassi kollektorli geliosistemalar (3.3–rasm).
YAssi kollektorning
xizmati materiallarini quyosh nurini yutish, qayta
ishlash va saqlab turishga
asoslangan. Material turi va uning yuzasi holatiga qarab yutish qobilyati 0.80.... 0.98
ga etishi mumkin, bu miqdor tushayotgan yorug‘lik
oqimi energiyasiga nisbatan
olinadi (nurning qolgan qismi material tomonidan qaytariladi). YUtilgan quyosh
energiyasi issiqlik
energiyasiga aylantiriladi, uning bir qismi material ichkarisiga,
qolgan qismi atrof – muhitga nurlanish va konveksiya vositasida chiqib ketadi.
CHiqib ketayotgan issiqlik miqdori yuza harorati va atrof – muhit haroratlari farqiga
to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Agar nurlantirayotgan
yuzani shisha bilan yopib,
20...30mm havo tirqishi qoldirilsa, issiqlik yo‘qotish ancha pasayadi, bunda yutilgan
issiqlik miqdorining kamayishi deyarli sezilmaydi. SHisha yuqori haroratli qisqa
to‘lqinli quyosh nurlanishini yaxshi o‘tkazadi, issiqlik qabul qiluvchi uzun to‘lqinli
infraqizil nurlanishni o‘tkazmaydi. SHu bilan birga
shisha konveksiya hisobiga
issiqlik yo‘qotilishini keskin kamaytiradi.
4-ma’ruza. Kam potensialga ega quyoshli qurilmalar.
Reja:
1.
Quyoshli kollektorlar konstruksiyasi va xarakteristikasi.
2.
Quyoshli isitish tizimining energetik xarakteristikalari xisobi.
Dostları ilə paylaş: