3.2.-rasm.
Stoverstone (Pensilvaniya)dagi Lefevr uyi. ikki qavatli uy, undagi
faqat 1-qavat isitiladi (umumiy foydali maydon 116m
2
). Havo quyosh kollektori ikki
qavat qilib oynavandlangan (maydon yuzasi 41.8m
2
) ikkinchi qavatga janubiy
tomonga vertikal tarzda o‘rnatilgan. Hech qanday maxsus akkumulyatorlar yo‘q,
ular devorlariga o‘rnatilgan. Turar joy xonalari sirkulyasiyasi hisobiga isitiladi.
YOrdamchi isitish vositasi – gazli.
Havo aylanishi uchun maxsus klapan yoki darchalardan foydalaniladi. Havoni
tortish kanallarni ruxsati bo‘lgan er to‘lalarga, u holda bu sistemani xonani yozgi
sovitish uchun ishlatish mumkin. (havo haroratini 5 – 7
o
S ga pasaytirish ehtimoli
bor). Oynavand hajmni isitish amalda to‘g‘ridan to‘g‘ri isitish medifikatsiyasidir.
Issiqxona, atrium, oranjeriya oynavand xajmi uyning janubiy fasadiga ulangan holda
bo‘lishi mumkin yoki uning ichkarisiga quriladi. Issiqxonada qizigan havo tabiiy
konveksiya yo‘li bilan, mexanik zo‘riqtirish kanallari va oddiy uskunalar sistemasi
orqali boshqa xonalarga tarqaladi. Odatda, issiqxonadagi harorat etarli darajagacha
etganda klapanni ochilishini sozlovchi termostat ishga tushadi. Issiqlikni saqlash
ichki termal massivi tomonidan yuqorida ta’rif berilganidek amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: