Qayta tiklanuvchi va qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan foydalanish huquqiy va me’yoriy asoslari Mamlakatimizda energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va muqobil
energetikani rivojlantirish iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishning
ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Davlatimiz rahbarining 2015 yil 5 maydagi «2015-2019 yillarda iqtisodiyot
tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sig‘imini qisqartirish, energiya tejaydigan
texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qarori bu borada
muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Poytaxtimizda o‘tkazilgan «Green Forum – 2016» ilmiy-texnik forumi sohada
amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi vazifalar, milliy va xalqaro tajriba
muhokamasiga bag‘ishlandi. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan
«O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)
va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda xalqaro tashkilotlar
ekspertlari, olimlar va tadbirkorlar ishtirok etdi.
Muqobil energiya manbalarini qo‘llagan holda elektr energiyasi ishlab chiqarish,
tarqatish va iste’mol qilish sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish alohida
ahamiyat kasb etadi. SHu maqsadda mamlakatimizda energiya samaradorligi va
energiya tejash sohasi bo‘yicha ekspertlar va amaliyotchi mutaxassislar jalb qilinib,
ilg‘or xorijiy tajriba keng o‘rganilmoqda.
2020 yilgacha Surxondaryo va Namangan viloyatlarida ham ana shunday
quvvatga ega quyosh elektr stansiyalari bunyod etilishi ko‘zda tutilgan.
Tadbirda O‘zbekistonda energiya tejaydigan texnologiyalar, muqobil energiya
manbalari
joriy
etilishini
rag‘batlantirish,
mazkur
yo‘nalishni
yanada
rivojlantirishdagi imkoniyatlar, elektr energetikasining bugungi holati hamda uni
rivojlantirish istiqbollari kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikrlashildi.