25
30
burchak ostida joylashtiriladi. Issiq suv jamlovchi bakning hajmi isitgichning
nur qabul qiluvchi sirtiga bog‘lik. Mavsumiy quyoshli suv isitgich qurilmalarida
ularning har bir kvadrat metr yassi quyosh isitgichining sirtiga hajmi 50
60 litr
bo‘lgan issiq suv jamlovchi bak tavsiya qilinadi. Optimal variant 1kv/m panelga 60
litr.
Quyosh suv isitgich qurilmalarini yil davomida, jumladan qish mavsumida
ham, uzluksiz ishlatish uchun odatda ularni ikki konturli qilib yasalib, birinchi kontur
muzlamaydigan issiqlik tashuvchi muhit bilan to‘ldiriladi. Ikkinchi kontur bir
tomonidan sovuq suv kiruvchi va ikkinchi tomonidan issiq suv chiqib ketuvchi
issiqlik yo‘qotishdan himoyalangan jamlovchi bakdan iborat. Qurilmaning yil
davomida har qanday ob-havo sharoitida normal ishlashi uchun issiq suv jamlovchi
bakning tepa qismiga elektr energiyasi yordamida ishlovchi qo‘shimcha isitgich-
dubler o‘rnatildi.
4.3-Rasm. Yil davomida uzluksiz ishlovchi quyosh suv isitgichi sxemasi:
1.yassi quyosh suv isitgichi; 2- issiq suv jamlovchi bak; 3- issiqlik almashtirgich;
4- qo‘shimcha elektr isitgich.
Muzlamaydigan issiqlik tashuvchi muhit quyosh qurilmasidan olgan issiqligini
isitilayotgan suvga issiq suv jamlovchi bak ichiga o‘rnatilgan issiqlik almashtirgich
orqali beradi.
Dostları ilə paylaş: