Jizzax politexnika instituti "tasdiqlayman"


-ma’ruza. Quyoshli isitish tizimidan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi



Yüklə 2,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/74
tarix15.10.2023
ölçüsü2,2 Mb.
#155708
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

 
5-ma’ruza. Quyoshli isitish tizimidan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi. 
Reja: 
1.
 
Quyoshli isitish tizimidan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi. 
2.
 
Asosiy ko‘rsatgichlarni optimillashtirish.
 
Quyoshli isitish tizimidan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi.
Kollektorlar soyalanishini hisoblashi mavjud usullar bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Kollektorlarni soya beruvchi jismlardan uzoqlashtirish amaliy tavsiyalari: janubiy 
hududlarda – 2Nga; 40
o
kenglikda – 2.4N ga; 45
o
kenglikda – 3N ga teng bo‘ladi. N 
– kollektor sathidan soya beruvchi jism balandligi. 
Faol geliosistemalarning 2-turi shunisi bilan farq qiladiki, kolletorlar ishi 
samadorligini oshirish uchun nur qaytargichlar (geliostatlar) o‘rnatiladi. Ulardan 
qaytgan quyosh nurlarini kollektorga yo‘naltiradi, bu kolletorlar qabul qiladigan va 
qaytadigan quyosh nurini oqimini kuchaytirishga olib keladi.
Nur qaytargichlardan foydalanish 2...4 marta kollektorlar maydonini 
kichraytirish imkonini beradi. 
Faol geliosistemalarning 3-turi nisbatan murakkab. Bunday sistemalar 
kollektorlari sferik yoki parabola shakliga esa. Ular quyosh nurlarini maxsus qabul 
qilgichlarga fokuslaydi. Quyosh energiya konsentratsiyasi 400...650
0
S harorat olish 
imkonini beradi va uskunaning foydali ish koeffitsienti (75%) baland bo‘lganda 
bundan ham yuqori harorat olish imkoni bor. 
Bunday turdagi uskunalardan keng foydalanishga sistema murakkabligi va 
uning qimmatliligi to‘sqinlik qiladi. 
Faol turdagi geliouskunalarda issiqlikni saqlab turish moddalarning issiqlik 
sig‘imi hodisasiga asoslangan. Issiqlik saqlaydigan muhit sifatida suv, yog‘, 
antifrizlar, havo va boshqalar qo‘llaniladi. Akkumulyator sifatida tosh(galka) yoki 
shag‘al qo‘llanilganda uning hajmi suv ishlatilgandagiga qaraganda 2 barobar katta 
bo‘ladi. Akkumulyator material qo‘llanilayotgan konstruksiyada issiqlik 
tashuvchining turiga bog‘liq. Issiqlik tashuvchi gazsimon bo‘lganda akkumulyator 
vazifasini odatda – tosh, shag‘al, qiya monolit va h.k. bajaradi. Issiqlik tashuvchi 
suyuq bo‘lganda akkumulyator sig‘im ko‘rinishida o‘rnatiladi, sig‘im issiqlik 
tashuvchi sifatida ishlatilayotgan suyuqlik bilan to‘ldiriladi 
Qo‘shimcha isitgich-geliosistema, yilning istalgan kunida samarali ishlashga 
mo‘ljallangan bo‘lib, juda katta quvvatli zahirasiga ega bo‘ladi va iqtisodiy jihatdan 


uncha tejamli bo‘lmaydi. Iqtisodiy jihatdan kichik yuzali kollektorlarni tanlash 
foydali, zaruriyat tug‘ilgan kunlarda esa qo‘shimcha isitkich – kolorifer, qozon yoki 
elektr isitkichdan foydalanish mumkin. 
Qo‘shimcha isitkichdan yana geliosistemani issiq suv bilan ta’minlash lozim 
bo‘lgan hollarda foydalangan zarur, chunki xo‘jalik extiyojlari uchun suv 60...65
o

haroratga ega bo‘lishi kerak. 
Geliosistemadagi issiqlik tashuvchi uning o‘lchamlari va konstruksiyasini 
aniqlaydi. Issiqlik tashuvchini tanlash ta’minlanadigan qulaylikka, bino turiga, 
an’anaviy qo‘shimcha sistema turiga, iqlimga, mablag‘ning mavjudligiga, 
ishonchlilik talablariga qarab amalga oshiriladi. 
5.1.-rasm. Geliosistemalar samaradorligini nur qaytargichlar yuzasini kattalashtirib 
amalga oshirish. 
Gazsimon issiqlik tashuvchi faqat cheklangan foydalanish masalalarini hal 
qilishda qo‘llanilishi mumkin, bunda binoni faqat isitish talab qilinadi yoki bino 
kichik o‘lchamlarga ega va kollektorlar hamda akkumulyatorlar orasidagi masofa 
kichik bo‘lsa, boshqa hamma hollarda suyuq issiqlik tashuvchilardan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir, ular vositasida isitish, issiq suv bilan ta’minlashni amalga 
oshirish mumkin, ularning quvurlari ham joy egallaydi va havo quvurlaridan 
arzonroq, ularda issiqlik kamroq yo‘qotiladi. Suyuq issiqlik tashuvchi vositasida bino 
isitilganda xona ichida qulay sharoit yuzaga keladi, bunda elvizak, shamol urishi his 
qilinmaydi. 
Issiqlik tashuvchisi suyuqlik bo‘lgan issiqlik sistemasidan foydalanishning 
uchta varianti mavjud: avtonom, har bir binoga alohida xizmat ko‘rsatiladi; mahalliy-
markaziy, markazlashgan issiqlik shaxobchalari va kollektorlari binolarda 
joylashgan; markaziy, kollektorlar va issiqlik shohobchalari turar joy qurilishi 
tashqarisiga chiqarilgan bo‘ladi. 
U yoki bu variantni tanlash muayyan sharoitlar bilan belgilanadi. Faol 
geliosistema qaerda joylashgan bo‘lishiga qaramay, istalgan xonani issiqlik bilan 
ta’minlash imkonini beradi. SHu sababli binolarning tarhiy echimida hech qanday 
o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Konstruktiv echimlarda ham, a-rasmda ko‘rinib turganidek, 


boshida hech qanday alohida xususiyatlar bo‘lmagan edi, Bolderi (AQSH)dagi 
quyoshli uy oddiy kichik nishabli ustida joylashtirilgan kollektorlarga ega. Bu 
K
gp
=0,42 kichik qiymati va binoni issiqlikka bo‘lgan ehtiyoji (40%) qondirishdagi 
geliosistemani kichik solishtirma og‘irligini belgilaydi. 

Yüklə 2,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin