transport vositasi — odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan qurilma;
transport vositasi — odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan qurilma;
transport oqimi — turli darajada yuklangan har xil rusumdagi avtomobillarning va boshqa transport vositalarining yo‘l bo‘ylab aynan bir vaqtdagi harakati;
transport oqimining zichligi — transport-ekspluatatsiya xususiyati bo‘yicha bir xil yo‘l uchastkasining birlik uzunligiga to‘g‘ri keladigan, odatda, 1 km oraliqdagi avtomobillar miqdori;
harakat jadalligi — ma’lum vaqt (o‘rtacha bir soat yoki bir kecha-kunduz) oralig‘ida yo‘lning muayyan kesimidan o‘tadigan avtomobil va boshqa turdagi transport vositalari soni;
xavfsizlik mintaqasi — umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari uchun yo‘l qurilishiga ajratilgan yer tasmasi chegarasidan qizil chiziqqacha bo‘lgan masofa. Ko‘chalar uchun — qatnov qismi chetidan qizil chiziqqacha bo‘lgan masofa.
Avtomobil yo‘llari va ularning xavfsizlik mintaqalarida quyidagilar taqiqlanadi:
Avtomobil yo‘llari va ularning xavfsizlik mintaqalarida quyidagilar taqiqlanadi:
avtomobil yo‘llari va ko‘chalarni, ulardagi sun’iy inshootlarni saqlashga va harakat xavfsizligini ta’minlashga taalluqli bo‘lmagan boshqa bino va inshootlarni qurish;
yo‘llarga, yo‘l inshootlari, yo‘l belgilari va ko‘rsatkichlariga, harakatlanishni tashkil etuvchi va boshqaruvchi vositalarga hamda yo‘lga taalluqli boshqa narsalarga ziyon yetkazish;
harakatlanish vaqtincha to‘xtatilgan yo‘l qismlaridan transport vositasida maxsus ruxsatnomasiz o‘tish;
qattiq va kuchaytirilgan qoplamali yo‘llarda zanjirli transport vositalarining maxsus himoyalovchi boshmoqlarsiz harakatlanishi, shuningdek katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni tashish;
podalarni haydab o‘tish, ularni boqish (podalarni faqat belgilangan va tegishli yo‘l belgisi qo‘yilgan joydan haydab o‘tishga ruxsat etiladi);
qatnov qismi va yo‘l chetini, ko‘priklarni, quvurlarni, ariqchalarni, suv qochirish inshooti (drenaj) qurilmalarini ifloslantirish, yo‘llarga va ajratilgan mintaqaga to‘kilib-sochiladigan yuklarni belgilangan idishlarga joylashtirmasdan tashish;