Asosiy fondlarni saqlash va ulardan foydalanish samaradorlik darajasini nazorat qilish uchun korxonalarga tegishli barcha asosiy fondlarni pul va natural formada hisobga olish, asosiy uchastkalar, sexlar va korxonalar bo’yicha ishlab chiqarish dasturini tuzish va ularning ish natijalarini tahlil qilish uchun zarurdir. Asosiy fondlarning pul shakli ularning umumiy qiymatini aniqlash, amortizatsiya ajratmalar miqdorini va qayta tiklash uchun kerakli mablag’larni aniqlash uchun kerak.
Asosiy fondlarning pul hisobidagi qiymati asosiy mablag’lar deb yuritiladi. Asosiy fondlarning uzoq vaqtgacha asta-sekin yemirilib xizmat qilishi ma’lum. Bu vaqt davomida asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish sharoitlari ham o’zgaradi. Bu hol asosiy fondlarni pul bilan baholashning maxsus usullaridan foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi.
Korxona ishlab chiqarish jarayonining moddiy manbaini ishlab chiqarish vositalari tashkil qiladi. Korxonaning asosiy va aylanma fondlari ana shunday ishlab chiqarish vositalariga kiradi.
Asosiy fondlar tabiiy ravishda turli birliklarda ifodalanishi mumkin. Masalan, binolar — kub metr (m3), texnologik asbob-uskuna, pribor, apparatlar — dona, kuch mashinalari (dvigatellar) — quvvatlarda ifodalanadi.
Asosiy fondlarning har qaysi birligi ma’lum (baho) qiymatga ega bo’ladi. Ularning umumiy qiymati asosiy fondlarning narxlarini aniqlashda: dastlabki, to’liq tiklangan, qoldiq va ishlab chiqarishdan olingan paytdagi narx turlari qo’llaniladi.
Asosiy fondlarning dastlabki to’liq narxi (Nto’l), asosiy fondlarni qurish, sotib olish, korxonaga keltirish, ularni o’rnatish uchun sarflangan xarajatlardan tashkil topadi va u quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: |