Jizzax politexnika instituti


Xodimlar mehnatiga haq to’lash



Yüklə 477,2 Kb.
səhifə35/92
tarix19.03.2022
ölçüsü477,2 Kb.
#53984
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92
Jizzax politexnikaаа

Xodimlar mehnatiga haq to’lash ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan mehnat resurslarining bahosidir. Boshqacha qilib aytganda, ish haqi – bu, mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining korxona xodimlari mehnatiga haq to’lash uchun sarflanuvchi qismidir.

Ish haqining nominal va real turlari mavjud.



Nominal ish haqi  bu xodimning ma’lum bir vaqt mobaynida bajargan mehnati uchun hisoblangan va to’langan ish haqidir.

Real ish haqi  nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovar va xizmatlar miqdori; real ish haqi – bu, nominal ish haqining «iste’mol qobiliyati»dir.

Korxonalarda ish haqi sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va uni tashkil etishda quyidagi tamoyillarni inobatga olish zarur:



  • adolatlilik, ya’ni bir xil mehnat uchun bir xil haq to’lash;

  • bajarilayotgan ishning murakkabligi va mehnat malakasi darajasini hisobga olish;

  • mehnatning zararli sharoitlari va og’ir jismoniy mehnatni hisobga olish;

  • sifatli, sidqidildan mehnat qilishni rag’batlantirish, yo’l qo’yilgan yo’qotishlar yoki o’z majburiyatlariga mas’uliyatsiz yondashishni moddiy jazolash;

  • mehnat unumdorligi sur’atini o’rtacha ish haqining o’sish sur’atlariga nisbatan tezroq ko’tarish;

  • ish haqi miqdorini inflyatsiya sur’atlariga mos ravishda muvofiqlashtirish;

  • mehnatga haq to’lashning korxona ehtiyojlariga to’liq javob beruvchi ilg’or shakl va tizimlarini qo’llash.

Sanoat korxonalarida, jumladan korxonalarida hozirgi vaqtda mehnatni tashkil etishning bir necha tizimlaridan foydalanilmoqda.

-tarif tizimi

-tarifsiz tizim

-aralash tizim




Yüklə 477,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin