2. Tashkiliy tuzilmalar turlari
Tashkiliy tuzilmalar juda turli-tuman, lekin ular umumiy izchil bog`liqlikka ega va konuniyatlarga buysunadi.
Boshqarishning tashkiliy tuzilmasining asosiy turi chizikli va funkstional turlaridir. Ular birikishi asosida turli xil chizikli-funkstional tuzilmalar tarkib topadi.
Chizikli Funkstional
Ф1
Ф2
Р
Б1
Ф5
Ф4
Ф3
Б2
У2
У1
Chiziqli shtabli Chiziqli funkstional
Ф4
Ф2
Shartli belgilar: R - raxbar, B - boshlik, U - usta, F - funkstional raxbar, Sh - shtab, 1,1; 1,2;1,3 - funkstional bulimlar.
Chizikli tuzilma uning kuyi boshqaruv buginlari yukori boskichdagi raxbarga bevosita buysunushi bilan tavsiflanadi. Chizikli tuzilmada xar bir xodim bitta raxbarga buysunadi va yukori tizim bilan fakat u orkali boglangan buladi. chizikli tuzilmaning ijobiy tomonlari uning oddiy, ishonchli, kamxarjligidir. Har bir raxbar butun mehnat jamoasi faoliyati natijalari buyicha javobgar. Bu strategik va joriy karorlarni kabul kilish xukuki markazlashishiga olib keladi.
Chizikli tuzilmalarni xal etiluvchi masalalar doirasi keng bulmagan, bu masalalar echilishi oson bo’lgan xollarda kullash maksadga muvofikdir. Sof xolda chizikli boshqaruv juda kam, asosan, brigada, bulim, shirkat, kichik korxonalarda kullaniladi.
Chizikli tuzilmaning asosiy kamchiligi buginlar koordinastiyasi puxta bulmaydi. Raxbar universal mutaxassis bulishi va unga buysnuvchi barcha buginlar faoliyatining xamma tomonini kamrab olishi lozim.
Funkstional tuzilma - boshqaruv vazifalarining funkstional buginlar va raxbarlar urtasida taksimlanishiga asoslanadi. U boshqaruv murakkablashuvi va ixtisoslashuv rivojlanishi bilan bog`liq xolda vujudga kelgan.
Funkstional tuzilmada boshqaruvchi kursatmalar nisbatan malakali buladi, lekin yakka boshchilik tamoyiliga rioya kilinmaydi. Funkstional buginlar soni ortishi bilan xar bir bugin mustakil ravishda xal etuvchi masalalar doirasi torayib boradi. Muammoning moxiyati xar bir bugin uz masalasini birinchi navbatda xal kilishdan manfaatdor bulishida emas, balki bitta xam bugin bu masalani etarli darajada asoslangan xolda va tugri xal kila olmasligi, echimlar maydalashib, tulik bulmay kolishidadir. Bu boshqaruvni marakkablashtirib, uning samaradorligini kamaytiradi.
Chizikli tuzilmani tashkil etish va fnukistonal tuzilmaning kamchiliklari kushma, biriktirilgan tuzilmalar - chizikli-shtabli, chizikli-funkstional va boshka tuzilmalar vujudga kelishiga sabab buldi.
Chizikli-shtabli tuzilmada chizikli tuzilma asos kilib olinadi, lekin boshqaruvning kuyi buginga ega xar bir buginida ayrim muxim muammolar buyicha shtablar tuziladi. Shtablar malakali karorlar tayyorlaydilar, lekin chizikli tuzilma raxbari tasdiklab, kuyi darajaga yuboradi. U shtab tavsiyalarini koordinastiya kiladi, muvofiklashtiradi va natijada boshqaruv sifati xshilanadi, lekin avzifalar mikdori kup bulsa.
Lekin, vazifalar mikdori kup bulsa, chizikli tuzilma raxbari vazifalari xam ortadi. Shu sababli, amaliyotda boshka kushma tuzilmalar vujudga keldi. Ular orasida eng keng tarkalgani chizikli-funkstional tuzilmadir.
Chizikli-funkstional strukturada, funkstional zvenolar kuyi turgan bulinmalarga uzlari buyruk bera oladilar, lekin ular kompetenstiyasiga taalukli bo’lgan anik belgilangan savollar buyicha. Masalan, rejalashtirish - iqtisodiy bulimi stex boshligiga rejalashtirishni rivojlantirish savollari buyicha buyruk berishi mumkin, Zavodnnig bosh buxgalteri esa stexda xisob va xisobotni yaxshilash buyicha va x.k. Chizikli funkstional strukturasining ustunligi uning boshqaruv prinstiplarini buyruk berishning yagonaligi prinstipi bilan uzviyligidadir. Lekin bu ustunlik strukturada alokalarning murakkab tiplari mavjud: loyixa buyicha boshqarish; matristali struktura va boshkalar.
Loyixa buyicha boshqarish ishlab chikarish texnologiyasining uzgarishi bilan bog`liq kayta kurishlar va yangi texnologiyalar kiritilishi zarur bo’lgan korxona va tashkilotlarda kullaniladi. Bunday kayta kurishni amalga oshirish uchun fakatgina shu loyixaga javob beruvchi boshqaruv organi tuziladi. Boshqaruvning loyixa buyicha organi vaktinchalik tashkilot xisoblanadi. Unga yuklatilgan vazifalar amalga oshirilgandan sung u tugatiladi.
Matristali struktura chizikli va loyixa buyicha boshqaruv strukturalarining birlashtirilishi natijasida kuriladi. chizikli boshqaruv prinstipi saklanib kolinadi, loyixa buyicha boshqarishga mos ravishda esa mavzularni, ilmiy izlanishlar buyicha dasturlar, loyixalashtirish texnologik tayyorgarlik eksperimental ishlab chikarish maxsulotini tayyorlash, sotish va x.k.lar tashkil kilinadi.
Boshqaruvni tashkil kilishning matristali strukturasida loyixa yoki dastur raxbarlarining faoliyati erkinligi ta’minlanadi, ular oldiga kuyilgan masalalar maksadli xal kilinadi. Ishni tashkil kilish buyicha raxbarning ma’suliyati aniklanadi, ularning bajarilish muddati, yakuniy natijalar buyicha raxbarning ma’suliyati aniklanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv apparatini belgilangan darajada kiskartirishga, boshqaruvning xar-xil darajalari va xar bir zveno chegarasida aloxida darajalarning vazifalari va funkstiyalarini anik ajratish, xalk xujaligi, korxonalar (firmalar) tarmoklarining xujalik mustakilligini ta’minlashga imkon beradigan yangi tashkiliy strukturalar tuziladi.
Dostları ilə paylaş: |