Jizzax politexnika instituti


Boshqaruv karorlarini (optimizastiyalash) usullari va ularni bajarilishini tashkil etish



Yüklə 477,2 Kb.
səhifə84/92
tarix19.03.2022
ölçüsü477,2 Kb.
#53984
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   92
Jizzax politexnikaаа

4. Boshqaruv karorlarini (optimizastiyalash) usullari va ularni bajarilishini tashkil etish

Boshqaruv karorlarining asosi deb optimal variantga eng yakin bo’lgan, eng zur variant kabul kilinadi. Bu variant mehnatni, moliyaviy-texnik resurslarni va vaktni eng kam sarf kilingan xolda, korxonadagi mavjud xolat xakidagi mantikiy axborotlarni yigib, taxlil kilish orkali kelib chikadi.



Optimal karorni yoki unga yakin karorni tanlashda kerakli usul va uslubni kullash darkor. Boshqaruv amaliyotida karorlarni kabul kilish va ular bilan ishlashning kuyidagi usullari mavjud:

  1. tizimli-iqtisodiy va ijtimoiy taxlil, statistik javoblar va baxolar usuli;

  2. variantli katorlarning, ya’ni reja - ishlab chikarish kabi modellarni taxlili, rivojlanish tendenstiyalarini va ishlab chikarishning mavsumiy xarakterini aniklash usuli;

  3. tajriba javoblarini statistik taxlilini uz ichiga olgan, tajribaviy modellashtirish usuli. Echilayotgan muammolarni, jarayonlarni modellashtirish usuli, EXM va iqtisodiy-matematik metodlar orkali bajarilsa, xujalik yurituvchi sub’ektning faoliyatidagi kamchilik va yutuklari optimal ravishda kuzatish mumkin;

  4. matematik dasturlash usuli;

  5. maksadlarni baxolash va kutilayotgan xavf nazariyasi usuli. Bu usul ukitish va motivastiya nazariyasini xisobga olib tabiatni ulchash va bashorat kilish uchun ishlatiladi;

  6. modellashtirish va tadbirkorlikka oid uyinlar usuli. Bu usul EHM ishlatilishini takozo etadi;

  7. Noaniklik sharoitida individual karor kabul kilishga xar-xil yondashishlarni uz ichiga olgan kidirishlar nazariyasi;

  8. xarajatlar usuli. Bu usul ya’ni, axborotlar yigish, taxlil kilish va ishlatish juda kup mablag talab etadi, bunda boshqaruvchi agar bu usul optimal javob topishga yordam bersa xarajatlar oldida tuxtashi kerak emas;

  9. noma’lum va noanik vaziyatlarni baxolash va taxlil kilish, odatda, mavjud ishonchli ma’lumotlar orkali amalga oshiriladi. Bu xolda kabul kilinadigan karor korxona uz oldiga kuygan maksadga bog`liq. Ba’zan karor kabul kilish iqtisodiy-ijtimoiy tizimining rivojlanish konuniyatiga va tendenstiyasi, shuningdek taxliliy xisob-kitoblar asosida amalga oshirish mumkin buladi. Boshka xollarda albatta muammoning chukur taxlili va xar tomonlama birlashuvi kerak buladi, ya’ni muammoning turlicha karab kerakli taxlil va xisob-kitoblar utkaziladi;

  10. karor kabul kilish jarayonini soddalashtirish boshqaruv jarayonidagi mehnat doirasini pasaytiradi. Agar tizimli taxlil doimo utkazilsa, karorlarni ishlab chikish usuli borgan sari soddalashib anik xolatga keladi. Soddalashgan xoldagi karorlar kabul kilish va ularning samarasini baxolash kupincha korxona faoliyatining taxlili takrorlanuvchi xolatida kullaniladi.

  11. mutaxassislar baxosi, mutaxassislar taxlili asosida olinadi. Bu narsa xatolarni oldini olish uchun kilinadi. Shundan sung mutaxassislar mavjud mavjud karorlar ruyxati mavjud fikrlar, takliflar va xulosalar bilan tanishib chikadilar va uzlarining yakuniy xulosalarini etadilar;

  12. Bir gurux mutaxassilar tomonidan kandaydir kiyin muammoni ijodiy muxokama kilish. Bu usul jamoa tajribalari va jamoaning bilimlari Boshqaruvning echimlariga asoslanishi va shu bilan birga yaxshi goyalarning yuzaga kelishiga muxit yaratish xamda muxokamadagi ishtirokchilarning yaxshi tanlanganligi alternativ echimni topishga va muammoni tugri xal kilishga katta ta’sir kursatadi.

Kabul kilingan karorlarning maksadga muvofik xolda bajarilishi uchun ishlab chikarish jarayonida maxsus maksadga yunaltirilgan dasturlar, tarmokli grafiklarni, matristali boshqaruv tizimini ishlab chikarish zarur. Bu marosimlarning 3 ta guruxga ajratish mumkin:

  1. Karorlarni uz vaktida bajaruvchilarga etkazib berish;

  2. Kadrlar va resurslar optimal joylashtirish operativ zaxiralarni shakllantirish;

  3. Karorlarni bajarilishini nazorat kilish.

Birinchi gurux marosim. Karorlarni uz vaktida bajaruvchilarga etkazib berish. Bu erda uni uz xoliga tashlash mumkin emas. Karorlarni bajaruvchilarga bir oy-ikki oyda etib borishini kuzatish mumkin. Bu xolda u uz faolligini va mazmunini yukotadi. chunki u kech etib boradi.

Bajaruvchilarning fikrlarini keng tarkalgan shakllaridan biri ularni karor kabul kilishga jalb shilish. Shu asosda ishlab chikarishning ishtirokchilari karor konstepstiyasi va masalalar echimlari bilan tanishadilar. Ba’zan shu maksadda ishlab chikarish novatorlari va sardorlaridan komissiya tuziladi. Kelgusidagi ijro etuvchilar karorlarni tayyorlashda ishtirok etishadi va bu echimlarni xakikatga yakinrok kilishadi. Chunki ular ishlab chikarish jarayonini chetdagilarga karaganda yaxshirok bilishadi.

Shuningdek, kollektiv ishchilarining muxkamada, seminarlarda, yoki loyixa rejalashtirini kabul kilishda katnashishganida ijobiy natijalarga erishadilar. Lekin, bu kollektililik fakatgina ayrim shartlar bajarilganda amalga oshiriladi. Kachonki yakkaboshchilik va anik personal javobgarlikka ega bo’lganda..

Ikkinchi gurux marosimi - bu kadrlar va resurslar manyovri shuningdek operativ rezervlar. Har bir echim moddiy ta’minotga muxtoj bulib, odamlarning kayta orientastiyasi va ularning kayta tayyorlashga va almashtirishga tugri keladi.

Shuning uchun ishlab chikarishdagi yirik dasturlarning realizastiyasi va ishlab chikarishni kayta kurish ishlarining uslub va formalarini keskin uzgarishiga olib keladi. Bu kadrlar strukturasiga xam ta’sir kursatadi.

Uchinchi marosimlar guruxi - bu nazorat, ya’ni chukur malakali taxlil. Tizimli nazoratsiz yukori natijalarga erishib bulmaydi. Boshqaruvning yukori darajasida, bunday nazoratni tashkilot anik maksadga va kerakli mexanizmga erishish uchun talab kiladi.




Yüklə 477,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin