Jizzax viloyat hokimligi



Yüklə 306,68 Kb.
səhifə40/49
tarix25.12.2023
ölçüsü306,68 Kb.
#197133
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49
Millati; Partiyaviyligi-fayllar.org

3-Ilova


  1. -Guruh uchun savollar;



Atamalarning o`ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

2- Guruh uchun savollar;

Kasb-hunarga oid so`zlar qaysi uslubga tegishli?

3- Guruh uchun savollar;

Bo`lajak kasbingiz haqida hikoya qiluvchi matn tuzib, uni badiiy uslubda bayon eting.
4-Ilova
Baholash mezonlari va ko`rsatkichlari (ball)

Guruh

1-topshiriq
(FSMU texnikasi)

2-Topshiriq


(Savollarga javoblar)

3-Topshiriq


(Mulohazali savol)

Ballar yig`indisi


(2.0)

(2.0)

(1.0)

(5.0)

1












Uyga vazifa.



  1. Quyidagi atamalarning ma`nolarini izohlab bering; xat boshi, bosh gap, tinish belgilari, ot kesim,fe`l kesim, sifat, mayl , hol, omonimlar, paronimlar,sintaktik aloqa, lug`at,lahja kabilar.



  2. O`zingizning bo`lajak kasbingizga oid o`nta so`z toping,ularni sinonimlarini toping.



  3. Bo`lajak kasbingiz haqidahikoya qiluvchi matn tuzing,ulardan atama va kasb- hunarga oid so`zlarni ajrating.



Mavzu; Ixtisoslikka oid matn tuzish(bundatil vositalaridan o`rinli foydalanish masalasi, matn tayyorlash,uni boshqa uslubdagi matnga aylantirish,matnda nutq ta`sirchanligini oshiruvchi vositalarni qo`llash.
Reja;



  1. Matn haqida ma`lumot.



  2. Matnning yuzilishi; asosiy va yordamchi qismlar.



  3. Matnni qisqartirish va kengaytirish yo`llari.



  4. Kasb- hunarga oid so`zlarning vazifaviy uslublarda qo`llanishi.



  5. Ixtisoslikka oid matn tuzish yo`llari.



Matn deganda biror-bir muallifga tegishli bo`lgan , ma`lum fikrlar majmuasi hisoblangan nutq, qo`lyozma yoki nashrdan chiqqan asar tushuniladi.Ammo har qanday qo`lyozmani ham matn deyaverish mumkin emas. Matn bo`lishi uchun u , hajmidan qat`iy nazar, asar hisoblanishi va mazmuniga (ilmiy, rasmiy, badiiy va hokoza) yoki hujjat xarakteriga ega bo`lishi kerak.

Matnlarning tahlili bilan shug`ullanuvchi soha matnshunoslik deyiladi va u ham boshqa fan sohalari singari o`z tekshirish metod va usullariga ege. Bunda dastlabqiyosiy-tarixiy metodga amal qilinadi. Alohida bir matnni ajratib olib o`rganish natija berishi qiyin.Chunki ko`zda tutilgan maqsadga matnlarni o`zaro va davriy jihatdan tahlil qilish bilangina erishiladi.Mana shunday yo`l bilan matnning shakllanishini , bir matndan ikkinchisiga bo`lgan o`sish va takomillashishini , binobarin, muallifning fikriy rivojini ham anglash mumkin bo`ladi.
Matn ustida ishlash murakkab va ijodiy jarayon bo`lib,uni qo`lga olishdan nashrga tayyorlashga bo`lgan davr bir qator bosqichlarni o`z ichiga oladi. Ular quyidagilar;
1.Matn manbasini aniqlash.
2.Muallifning matn bo`yicha oxirgi,haqiqiy variantini aniqlash.
3.Asosiy matnni aniqlash
4. Matnni nashrga tayyorlash.
5.Nashr turi;hujjatli nashrlar, ilmit-tadqiqot nashrlari,,akademik, ilmiy, ilmiy-ommabop hamda badiiy va hokozo.
Matn tahriri bilan shug`ullanuvchi kishi dastlab ana shu matnga aloqador bo`lgan barcha qo`lyozma va bosma materiallarni , muallifning turli xil qaytlarini to`playdi.Bunda materialning qoralama nushasi bilan oxirgi oqqa ko`chirilgan variant muhim hisoblanadi. Matnni shakllantirishda yozuv mashinkalari yoki hozirgi zamonaviy kompyuterlarning aralashuvi matn ustida ishlashning yangi usullarini ishlab chiqishni talab etadi.
Harqalay,, matnshunos qanday metod va usullardan foydalanmasin ,asosiy va yordamchi matnlarni aniqlab olishi va diqqatni asosiy matnga qaratishi lozim bo`ladi.Asosiy matn esa muallif istagidan kelib chiqib,har bir nashrda o`zgarib borishi mumkin.Nashrga tayyorlab boruvchi mualli esa o`zgartirishlarni albatda hisobga olishi shart.
Demak, matnshunoslarning asosiy vazifasi o`quvchiga muallifning xohish – istagini to`la aks ettirgan tashqaridan o`zgartirishlar kiritmagan haqiqiy matnni yetkazishdan iborat bo`ladi.Matnshunos asosiy matnni o`zgartirishga aralashmasligi kerak.U faqat o`zi uchun noaniq ,munozarali hisoblangan o`rinlarda bir mazmundagi matnlarni bir- biriga solishtirilishi , muallifning haqiqiy matnni aniqlashi zarur. Bu esa, yuqorida ta`kidlaganimizdek, oson ish emas. Chunki asar matni muallif oxiriga yetkazdim deb hisiblagandan keyin ham nashriyotda qancha kishilarning qo`lidan o`tadi.
O`zbek matnshunosligi ham xalq og`zaki ijodi, tarixiy hujjatlar, mumtoz badiiy adabiyot namunalarini to`plash va nashrga tayyorlashda katta tajriba to`plagan. Bu ayniqsa o`zbek xalq dostonlarini xalq baxshilaridan yozib olish, A.Navoiy va boshqa mumtoz shoirlarimizning badiiy merosi mujassam bo`lgan hamda turli yillarda ko`chirilgan qo`lyozmalar matnini tahrir qilish va nashrga tayyorlash bilan bog`liq bo`ladi.
Matnshunoslikka oid adabiyotlarda qayd etishicha , har qanday matn , u ilmiy, rasmiy, badiiymi , bundan qat`iy nazar, mantiq qoidalariga asosan shakllanishi lozim. Izchillik ana shu qoidaninig birinchi talabidir.Matnda har bir so`z har bir gap va abzastlar o`rtasida mantiqiy bog`lanish va izchillik bo`lishi lozim.Agar shunday bo`lmasa ,matnni tushunish qiyin bo`ladi.O`rtoq Boqijon Boqiyev juda chanqab turgan ekan,ustma – ust to`rt piyola shoy ichda va terladi..-Chuchvaradan keyin choy juda yaxshi ketadi-da,-dedi yuzidago terni artib.- Hmm,soqol ham o`sibdi,sartarosh bo`lmasa odamlar maymun bo`lib ketar edi.Maymun juni to`kilib , odam bo`lgan (A.Qahhor.Adabiyot muallimi).Misoldagi B.Boqiyevning birorta gapi ham bir – biri bilan mantiqiy bog`langan emas.
Matnni tahrir qilmoqchi bo`lgan kishi dastlab u bilan yaxshilab tanishib, ,to`lig`icha o`qib chiqib, masalaning mohiyatini tushunib olishi lozim.Matn haqida tasavvurga ega bo`lgandan keyin , unda nimalar yetishmasligi hisobga olingash, ishga kirishish lozim.
Keltirilgan faktlarning to`g`ri ekanligini tekshirib ko`rish ham mumkin.Albatda , faktlar uchun birinchi navbatda muallif javobgar ekanligini unutish kerak emas..
Shu ishlar amalga oshirilgandan keyin matn til jihatdan tahlil qilingadi.Bunda so`zlarning imlosi ham, tinish belgilari ham ,uslubiy kamchiliklar ham e`tibordan chetda qoldirilmaydi.Mana shu tuzatishlar jarayonida muallif tomonidan yozilgan bir necha nusxalar qiyoslanishi, uning roziligi bilan asosiy matndagi ba`zi olib tashlanishi, o`zgartirilishi mumkin.
Ayrim matnlar uslubiy jihatdan g`aliz bo`lib,matnda ,hatto bir gapning o`zida o`rniga tushnagan jumlalar , so`z qaytariqlari ko`p bo`lishi mumkin. Mana shunday paytlarda , sinonimlar va leksik dubletlarning eng ma`qulini tanlash ustida ish olib boriladi.
Agar amalga oshiriladigan o`zgartirishlar matn mazmuniga ta`sir qiladigan bo`lsa , o`zgartirishlarni ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish lozim. Mazmuniga ta`sir qiladigan bo`lsa ,hatto tinish belgilariga ham qo`l urib bo`lmaydi.
Ma`lum bo`ladiki, matn ustida ishlah mas`uliyati jarayon bo`lib, u matnshunosdan han , uni tahrir qiluvchidan hamo’ziga nisbatan jiddiy munosabatni talab qiladi. O’quvchilaming matn tahriri bilan shug’ullanishi esa ularga o’rgangan til bilimlarini mustahkamlashga, undan foydalanishda shu paytga qadar yo’l qo’yib kelayotgan kamchiliklarini tuzatib olishiga, binobarin, o’z nutqining uslubiy jihatdan takomillashib borishiga ko’maklashadi.
O’zbek tilida turli fan sohalari va kasb-hunarga oid ko’plab so’zlar mavjud hamda ular yozma va og’zaki ko’rinishlarda me’yorlashgan. Buni, ayniqsa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, matematika, fizika, kimyo, biologiya,tibbiyot, iqtisodiyot singari turli fan sohalariga oid atamalarda kuzatamiz. Ayni paytda o’zbek tilida shunday vositalar ham borki, ularning qo’llanilish chegarasini bir soha yoki bir vazifaviy uslub doirasida belgilab bo’lmaydi.Masalan: ega, kesim, suv, aylana, zamon, asos, o’q, tekslik, sirt singari birliklar umumiste’moldagi so’zlar bo’lishi bilan birga, ega, sirt, o’q, tekislik geometriyada, zamon falsafada, asos qurilish-me’morchilikda atama sifatida me’yorlashgan.
TEST
1 .Ish yuritishning tarkibiy qismi bo’lgan hujjatlami necha qismga bo’lib o’rganish to’g’ri bo’ladi?



  1. Yüklə 306,68 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin