Jizzax viloyat hokimligi



Yüklə 306,68 Kb.
səhifə48/49
tarix25.12.2023
ölçüsü306,68 Kb.
#197133
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Millati; Partiyaviyligi-fayllar.org

Adabiyotdagi bir janr noma janri deb atalib, u ham nasriy, ham nazmiy yo'l bilan yoziladi. Alisher Navoiy hazratlarining “Munshaot” to'plami, Xamsadagi xatlar, Xorazmiyning "Muhabbatnoma” asari, Abdulla Qodiriyning “O'tkan kunlar” romanidagi Kumushning Otabekka, Otabekning Kumushga yozgan xatlari shular jumlasidandir.

Jahon adabiyotida epistolyar asar deb nomlanuvchi asarlar turkumi bo'lib, ular faqat xat orqali bitiladi. Frans Kafkaning “Otamga xat”,F.M. Dostoevskiyning “G’arib kishilar” romani xat bilan yozilgan.

Xulosa yasaydigan bo‘lsak, xatlar turi va vazifasidan qat’iy nazar inson hayotida muhim o'rin egallaydi.

Xatlar o'z mohiyati va qo'llanishiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi.

Rasmiy xatlar.

Shaxsiy xatlar.

Rasmiy xatlar muassasalar o'rtasidagi aloqalarda ishlatiladi. Bunday xatlar orqali turli so'rovlar, ko'rsatmalar, javoblar, tushuntirishlar, xabar, taklif, bildirish, iltimos, kafolatlarlar beriladi yoki qabul qilinadi. Ularni xizmat xatlari deb ham yuritiladi.

Xizmat xatlari rasmiy uslubda yoziladi. Unda rasmiy uslubning xususiyatlari namoyon bo'ladi. Jumladan, hujjatchilik xarakteri ustun bo'ladi. Shuningdek, barcha xizmat xatlari rasmiy ish qog’ozlariga kamida uch nusxada yoziladi. Ikkitasi tashkilotning o‘zida qoladi va ular maxsus jildda saqlanadi. Uchinchi nusxasi esa zarur tashkilotga yuboriladi. Ularda imzo chekuvchining lavozimi va ismi sharifi aniq ko'rsatiladi. Bunday xatlar maxsus daftarga qayd qilinadi. Raqamlangan bo'ladi.

Xizmat xatlari xususiyatlariga ko'ra o'zaro farqlanadi. Xatlarni bajaradigan vazifasiga qarab quyidagi turlarga bo'lish mumkin:

javob xatni talab qiluvchi xatlar (aloqa xat, da’vo xat, so'rov xat, iltimos xat, taklif xati va boshqalar).



javob xatni talab qilmaydigan xatlar (ilova xat, tasdiq xat, eslatma xat, axborot xat, kafolat xat va boshqalar).

Ushbu xatlar ma’lum bir maqsadda yoziladi. Masalan, kafolat xatlarda kafolat berish ifodalansa, ilova xatlarda xatga ilova qilinayotgan hujjatlar haqida axborot beriladi. Biroq shunday xatlar ham uchraydiki, uning mazmunida ham kafolat berish, ham iltimos, ham eslatish kabilar ifodalanadi. Aksariyat hollarda bunday xatlar aloqa xati deb nomladi yoki nomlanmasdan yuboriladi.


Yüklə 306,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin