Jizzax viloyat hokimligi


‘zbek munshaoti tarixini shartli ravishda quyidagi taraqqiyot bosqichlarga bo‘lish mumkin



Yüklə 306,68 Kb.
səhifə46/49
tarix25.12.2023
ölçüsü306,68 Kb.
#197133
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Millati; Partiyaviyligi-fayllar.org

0‘zbek munshaoti tarixini shartli ravishda quyidagi taraqqiyot bosqichlarga bo‘lish mumkin.

1. Eramizgacha bo’lgan eng qadimgi davr munshaoti.

Bu davrdagi manbaa og’zaki hujjatlar, “Avesto” kitobi va Shiroq, To‘maris kabi rivoyatlami kiritish mumkin.

2.Eramizning I asridan VII-VIII asrigacha bo‘lgan davr munshaoti.

Bu davr ham o‘zining so‘g’diy xatlari, tangalari, shartnomalar, tilxatlari, uyg’ur moniylik, buddaviylik, shomoniylik yo‘riqnomalari bilan qadrlidir. Turk hoqonligi, Xunlar imperiyasi, Sug’diyona davlati munshaoti o‘rganiladi.

3 .IX-XIX asrlami o‘z ichiga olgan turkiy-islomiy davr:



A) IX-XI asr umumturkiy davr munshaoti. Bu davrda G’aznaviylar, Qoraxoniylar davlatidagi ish yuritish asosiy manbaa hisoblanadi.
B)XII-XIII asr ilk o'zbek munshaoti, Xorazmshohlar mamlakati munshaoti o'rganiladi.
D) XIV-XVI asr yoki Temuriylar davri munshaoti.
E)XVII-XIX asr uch xonlik munshaoti (Qo‘qon xonligi munshaoti XIX asming 60-yillarigacha o‘rganiladi).
4. XIX asr so'ngi choragi va XX asming boshlaridan 1989 yilgacha bo'lgan mustamlaka Davri.
5. Hozirgi o‘zbek munshaoti.
Mazkur tarixiy bosqichlarda ajdodlarimiz yorliq, arznoma, qarznoma, vasiqa, tilxat, shartnoma, farmon, amr, sulh, bitim, nizom kabi tarixiy hujjat turlaridan keng foydalanishgan. Ulardan aksariyati hozir ham o‘z maqomida ishlatiladi. Masalan, Bobur mirzo davlatida Farmon oily qoniniy hujjat hisoblangan. X-XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitim, arznoma, qarznoma, vasiqa kabi hujjatlar keng tarqalgan. Yorliqlar mazmunan turlicha bo‘lgan. Ular xabar, tavsif, farmoyish, bildirish, tasdiqlash kabi mazmunni ifodalagan. Bu o‘rininda To‘xtamishxonning 1393 yili polyak qiroli Yag’aylaga yo'llagan yorlig’i, Boburning otasi Umar shayx mirzoning 1469 yili marg’ilonlik Mir Said Ahmad ismli kishiga bergan yorlig’I, Toshkent hokimi Yunusxo‘janing 1779 yil 2-iyunda Rossiya podshosiga o'z elchilari orqali yuborgan yorlig’i va boshqalar shular jumlasidandir.
O'rta Osiyo hududlaridan topilgan qadimgi madaniy obidalar, turli moddiy jismlarga bitilgan ma’lumotnomalar ajdodlarimizning qadimdan o'ziga xos hujjarchilik an’analariga rioya qilganliklaridan dalolat beradi. O'rta asrlarda ish yuritish huquqiy maqomga ega bo'lgan. Davlat mahkamalarida munshaot tizimi shakliandi va qator hujjat turlari paydo bo'ldi. Buni Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon xonliklari misolida yaqqol ko'rish mumkin. Bugungi kunda ham Xudayorxon o'rdasidagi O'lkani o'rganish muzeyida o'nlab tarixiy hujjatlar saqlanadi.
O'zbek tilining rasmiy-idoraviy til sifatida qo'llanishi qoraxoniylar hukmdorligi davrida boshlandi. X-asrdan so'ng o'zbek xonlari va amirlari saroylarida yozilgan turli xil hujjatlar o'ziga xos mazmuni, muayyan tartibi va nutqiy qolipi bilan ajralib turadi. Bu davrda o'zbek tilining rasmiy-idoraviy imkoniyati kuchaydi. Rasmiy doiralarda nutq madaniyatiga alohida e’tibor berilgan. Lekin, mamlakatimizga ruslar bostirib kelishgach, o'zbek ish yuritish tizimining o'sishi to'xtatildi. Bu esa o'zbek tilining rasmiy til sifatidagi imkoniyatlarini pasaytirdi. Lekin 1989-yil o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgach, o'zbek tili yana rasmiy ish yuritishda o'z mavqeini egalladi. Mustaqillik yillarida esa uning maqomi mustahkamlandi. Hozirda Oliy yig’ilish huzuridagi maxsus kommisiya davlat tashkilotlarida davlat tilida ish yuritishni doimiy ravishda nazorat qilib boradi. Arxivlar boshqarmasi huzuridagi mutaxassislar esa ish yuritishning talablari bilan hujjatlarga zarur o'zgartitishlar kiritib, yangi turdagi hujjatlar shaklini tayyorlashmoqda.
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar:

1.Munshaot deganda nimani tushunasiz?


2.“Munshaot” so'zining lug’aviy ma’nosini bilasizmi?
3 O'zbek munshaotining tarixiy bosqichlarini sanang.
4. Eng qadimgi munshaot manbaalarini bilasizmi?




Yüklə 306,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin