Jizzax viloyat hokimligi


Qaysi tarixiy bosqichlarda qaysi yozuv va hujjatlardan foydalanilgan?



Yüklə 306,68 Kb.
səhifə47/49
tarix25.12.2023
ölçüsü306,68 Kb.
#197133
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Millati; Partiyaviyligi-fayllar.org

5.Qaysi tarixiy bosqichlarda qaysi yozuv va hujjatlardan foydalanilgan?

6.Tarixiy hujjatlar haqida ma’lumot bering.

7 Hozirgi o'zbek ish yiritishining rivojlanishi haqida nimalami bilasiz?



MAVZU: RASMIY VA SHAXSIY XAT, ULARNING 0‘ZAR0 FARQLARI

REJA:

1. Kishi hayotida xatlarning o'rni.

2 Xatlarning turi va xususiyatlari haqida ma’lumot.

3 . Rasmiy xat va uning turlari.

4.Shaxsiy xat va uning turlari.

5Shaxsiy xat namunalari.

Tayanch so‘z va iboralar: Rasmiy xat, aloqa xati, iltimos xati, bildirish xati, da’vo xati, kafolat xati, eslatish xati, ilova xat, ogohlantirish xati, shaxsiy xat, shaxsiy-xususiy xat, shaxsiy- ijtimoiy xat, noma, maktub, rasmiy doira, ijtimoiy muammo, norasmiy xat, leksika, uslubiy xususiyat.

Har qanday kishi o'z hayoti davomida turli rasmiy va shaxsiy xatlardan foydalanadi. Masalan, o'qishga yoki ishga kirayotib ariza, tavsifnoma, ma’lumotnoma, shartnoma kabi rasmiy xatlardan foydalanadi. Hayoti davomida esa ota-onasiga, aka-ukalariga yoki boshqa yaqin kishilariga shaxsiy xat yozadi. Har ikki turdagi xatlaming asosiy unsuri tildir. Lekin ularning vazifasida farq bor. Rasmiy xatdagi til muayyan axborotni qayd etadi va boshqaradi. Nafaqat boshqaradi balki, ma’lum bir odamlar faoliyatining izchilligi va davomiyligini ta’minlaydi. Shaxsiy xat esa faqat axborot yetkazishi, his-tuyg’i, ichki kechinma haqida ma’lumot berishi mumkin. Demak, har ikki xat ham inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lib, ular til orqali amalga oshiriladi. Buning uchun til va uning vositalari, qonuniyatlarini bilish zarur. Busiz hech qanday rasmiy yoki shaxsiy xat yozish malakasini egallab bo'lmaydi.

Xatlar qadim zamonlardayoq inson hayotidagi asosiy faoliyat turlaridan biriga aylangan. Yozuvning paydo bo‘lishi kishilik taraqqiyotida yangi sahifani ochgan. Xat yozish shu darajada katta ahamiyatga egaki, u orqali shaxsning ruhiy-psixologik dunyosini, estetik va axloqiy dunyoqarashini bilib olish mumkin. Shuning uchun xat yozish san’at darajasiga chiqqan. Maxsus xattotlik maktablari faoliyat ko'rsatgan. Ulardan yetuk mirzolar yetishib chiqqanlar. Hirotlik Sulton Ali Mashhadiy, Qo'qonlik Munnavar mirzolari shular jumlasidandir. Bunday xattotlik maktablari, asosan, Hirot, Samarqand, Qo'qon, Toshkent, Buxoro, Marv kabi yirik shaharlarda ish olib borgan. Hatto Xiva, Qo'qon, Samarqand, Buxoro shaharlaridagi tarixiy obidalar devoridagi naqshlar ham ko'fiy va suls usuluda yozilgan ko'hna xatlar bo'lib, ular Qur’on oyatlari yoki biror shoiming satrlaridir.


Yüklə 306,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin