Tayanch socz va iboralar: munshaot, tarixiy bosqich, vasiqa, vasiyatnoma, farmon, yorliq, shartnoma, tilxat, so‘g’d hujjatlari.
Juda qadim davlardan boshlab davlat va jamiyatni madaniy ko‘rinishda boshqarish yo‘lga qo‘yilgan. Bu kabi boshqaruv esa o‘zining maxsus usuliga ega bo‘lib, u turli ish qog’ozlari va ma’muriy me`yorlarga asoslangan. Jamiyatni bu kabi boshqarish jarayoni ish yuritish deb ataladi. Hozirgi kunda ham jamiyatni tartibli boshqarish uchun maxsus qonunlar, yo‘riqnomalar, tartib- qoidalar, nizomlar ishlab chiqilgan. Ana shunday hujjatlari tayyorlash va ularning bajarilishini nazorat qiluchilar ish yurituvchilar deb atalanadi. Qadimda ularni bitikchi, yozuvchi, mirzo, nozim, munshiy, kotib deb atashgan.
“Munshaot” so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, insho so`zining ko‘pligini ifodalaydi hamda “yozuvchi”, “qayd qiluvchi”, “bayon qiluvchi” kabi ma’nolarni anglatadi.
Munshaot deganda, biror davlatning rasmiy tili asosida davlat va jamiyat ishlarini tashkillash va olib borish, boshqarish tushuniladi. Davlat, jamoat, va nodavlat tashkilotlarida maxsus kishikar bo‘lib, ular ish yurituvchi vazifasini bajaradilar. Hokimiyatlarda konselyariya xodimlari, boshqa joylarda bevosita ish yurituvchilar, yana boshqa tashkilotlarda esa kadrlar bo‘limi rasmiy xatlar bilan ishlaydilar.
0‘zbek munshaoti tarixi ilk o‘zbek davlatchilik davriga borib taqaladi. Eramizdan avvalgi 3 ming yillikdayoq ajdodlarimiz inson va tabiiyat o‘rtasidagi o‘zaro mutanosiblikni bilganlar va tabiyatni avaylash maqsadida turli tartib- qoidalar ishlab chiqqanlar. Shunga ko‘ra ular o‘z hayotlarini tashkil etganlar. Ulaming ko‘pchi!igi yozilmagan qonun ko‘rinishida bugungi kungacha yetib kelgan. Bular odob-axloq kodeksidir.
0‘zbek munshaoti tarixida “Avesto” muqaddas kitobi ham muhim o‘rin egallaydi. Unda turli rasmiy-diniy boshqaruv me’yorlari, tartib qoidalar, nizomlar bayon qilingan va o‘sha davrda ajdodlarimiz jamiyatni ana shu manbaa asosida boshqarishgan. Masalan, Yaxshi hokimlar hokimlik qilsin, (yomon hokimlar hokimlik qilmasin) Ular ezgulik ta’limoti va sadoqatni amalda namoyon qiladilar. Bu ta’limot kishilar va ulaming avlodlariga farovonlik olib keladi.
Bizgacha yetib kelgan sug'd tilidagi tilxat, vasiyat, shartnoma, rasmiy xat kabi o'nlab hujjatlar Camarqand, Farg'ona, Toshkent hokimliklaridagi ish yuritish haqida ma’lumot beradi.
Eramizning boshlarida Osiyo qit’asining kattada qismida markazlashgan ulkan Turk hoqonligi tashkil topgan va u arab bosqiniga qadar yashagan. Bizga undagi turli rasmiy qog’ozlar, tilxatlar, vasiyatlar yetib kelgan. Turkiy toshbitiklaridagi Tunyo‘quq, Bilga hoqon, Kul tigin vasiyatnomalari(Kitob so‘ngidagi ilovaga qaralsin), Andijon viloyatidan topilgan sopoldagi ahdnoma shular jumlasidandir.
Eramizning VIII asridan boshlab yurtimizga arablar bostirib kira boshlagan va hokimiyat arablar qo‘liga o‘tgan. Ish yuritish ham arabcha olib borilgan. Bu hol XIX asming oxiri, XX saming boshlarigacha davom etgan. Undan keyin, rus-kirill tartibida ish yuritilgan. 1989 yildan buyon esa o‘zbek tilida ish yuritilmoqda.