Ma'lumotlar bazasi ni “Master” (Usta) yordamidayaratish. MS Access ishga tushirilgandan keyin paydo bo‘lgan oynadan “Fayl” - “Sozdat” buyruqlarini tanlaymiz.
Hosil bo‘lgan oynadan “Na moem kompyutere” parametrini tanlaymiz.
Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
Bu oynadan sichqoncha ko‘rsatkichini kerakli ma'lumotlar bazasining shabloni (andazasi) ustiga joylashtirib, chap tugmachasini ikki marta bosish kerak.
Ochilgan “Fayl novy bazidannix” (Yngi ma'lumotlar bazasifayli) muloqot oynasidagi ro‘yxatdan yaratilayotgan ma'lumotlar bazasini saqlab qo‘ymoqchi
bo‘lgan papkani tanlash “Imya fayla” (Fayl nomi) maydonida ma'lumotlar bazasining nomini kiritish va “Sozdatb” (Yaratish) tugmasini bosish kerak.
Keyingi muloqot oynasida yaratilayotgan ma'lumotlar bazasi qanday axborotni saqlashi kerakligi haqida ma'lumot chiqaradi. Ushbu muloqot oynasining quyi qismida quyidagi tugmachalar joylashgan:
“Otmena” (Bekor qilish) - ishni to‘xtatadi;
“Nazad” (Orqaga) - bitta oldingi qadamga qaytadi;
“Dalee” (Keyinga) - keyingi qadamga o‘tadi;
“Gotovo” (Tayyor) - tanlangan parametrli ma'lumotlar bazasini yaratish ustasini ishga tushiradi.
Ushbu tugmachani bosishdan oldin ma'lumotlar bazasida saqlanadigan axborot ekranga chiqariladi. Ishni davom ettirish uchun “Dalee” (Keyinga) tugmachasi bosiladi.
Ochiladigan muloqot oynasi ikkita ro‘yxatdan iborat bo‘ladi. Ulardan biri ma'lumotlar bazasi jadvallari ro‘yxati, ikkinchisi - tanlangan jadvalning maydonlari ro‘yxati. Ushbu ro‘yxatda jadvalga kiritilayotgan maydonlar belgilangan bo‘ladi. Odatda deyarli barcha maydonla belgilanadi (juda kam ishlatiladigan maydonlardan tashqari). Maydonchalar uchun bayroqcha belgisini (^-belgisi) o‘rnatish yoki olib tashlash bilan jadvalga maydonlarni kiritish yoki kiritmaslik mumkin. Shundan so‘ng “Dalee” (Keyinga) tugmachasini bosish kerak.
Keyingi qadamda taklif qilinayotgan namunalardan ekranni jihozlashni tanlab olish va yana “Dalee” (Keyinga) tugmachasini bosish kerak.
Keyingi bosqichda ma'lumotlar bazasi uchun yaratilayotgan hisobotlar
ko‘rinishini aniqlash mumkin.
Ochilgan navbatdagi muloqot oynasi hisobotga sarlavha qo‘yish va rasm belgilash imkonini beradi. Ular keyingi barcha hisobotlarda tegishli joyda paydo bo‘ladi. Agar rasm kerak bo‘lsa, “Da” (Ha) yozuvining oldiga bayroqcha o‘rnatish kerak. Unda “Risunok” (Rasm) tugmasini ishlatish mumkin bo‘ladi. Bu tugma bosilganda “Vibor risunka” (Rasmni tanlash) oynasi ochiladi.
Oxirgi oynada “Gotovo” (Tayyor) tugmachasini bosish ustani ma'lumotlar bazasi ni tuzish uchun ishga tushirib yuboradi va u avtomatik ravishda yuqorida belgilangan parametrli ma'lumotlar bazasini yaratadi.
Ma'lumotlar bazasini mustaqil ravishdayratish. Yangi ma'lumotlar bazasini Ustaning (Master) yordamisiz, mustaqil ravishda yaratish mumkin. Buning uchun MS Access ishga tushirilgandan keyin paydo bo‘lgan oynadan “Novaya baza dannix” (Yangi ma'lumotlar bazasi) parametrini tanlab, OK tugmachasini bosamiz. Agar ma'lumotlar bazasi oldindan ochilgan bo‘lsa yoki ishga tushirish oynasi yopiq bo‘lsa, uskunalar panelidagi “Sozdat bazu dannix” (ma'lumotlar bazasini yaratish) tugmachasini bosish va sichqoncha ko‘rsatkichini yangi ma'lumotlar bazasi belgisi ustiga olib borib, tugmachasini ikki marta bosish kerak. Shundan so‘ng “Imya fayla” (Fayl nomi) qatoriga ma'lumotlar bazasi nomini yozamiz va “Sozdat” (Yaratish) tugmachasini bosamiz. Natijada bo‘sh bo‘lgan ma'lumotlar bazasi tanasini hosil qilamiz.
Ma'lumotlar bazasini ochish ma'lumotlar bazasini ochishning ikki usuli mavjud. Unda Access ma'lumotlar bazasini BTni isga tushirish jarayonida yoki u bilan ishlash jarayonida ochish mumkin. ma'lumotlar bazasini Access bilan ishlash jarayonida ochish uchun “Fayl” menyusida “Otkrit” (Ochish) buyrug‘ini tanlash kerak. Shundan so‘ng ochilgan oynadan foydalanib, quyidagi ishlar bajarilishi kerak.
Adreslar panelida yorliq ustida sichqoncha belgisini joylashtirib ugmachasini bosish yoki “Papka” (Jild) maydonida kerakli ma'lumotlar bazasi joylashgan disk yoki jildni tanlash.
Jildlar ro‘yxatida kerakli jild ustida ikki marta sichqoncha tugmachasini bosib, ma'lumotlar bazasi joylashgan jildni ochish.
Agar kerakli ma'lumotlar bazasi topish imkoni bo‘lmasa, “Servis” tugmasini bosish va “Nayti” (Topish) buyrug‘ini tanlash kerak. “Nayti” (Topish) muloqot oynasida izlash uchun qo‘shimcha shartlarni kiritish, so‘ngra kerakli parametr ustida sichqoncha tugmasini bosish kerak. ma'lumotlar bazasini faqat o‘qish, ya'ni tahrirlamasdan ko‘rib chiqish uchun ochganda “Otkrit” (Ochish) tugmachasi yonidagi strelkali tugmani bosish kerak va “Otkrit dlya chteniya” (O‘qish uchun ochish) variantini tanlah kerak.