Jizzax viloyati baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi


Berilgan ma'lumotlar normallashtirish



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə10/28
tarix28.06.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#62432
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
GULBOYEV A

Berilgan ma'lumotlar normallashtirish.
Berilgan ma'lumotlar bazasini loyihalashda siz eng qulay berilgan ma'lumotlar bazasi strukturasi to‘g‘risidagi masalani hal qilishingiz zarur. Bunda izlanayotgan asosiy maqsadlar:
Jadvaldagi ma'lumotlarga tez etishishni ta'minlash;
Kiritishdagi xatolar sababi va kompyuter diski maydonidan noratsional foydalanish sababi bo‘lishi mumkin bo‘lgan, keraksiz berilgan ma'lumotlarni qaytarilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Berilgan ma'lumotlar butligini shunday ta'minlash kerakki, bitta ob'ektlar o‘zgartirilganda avtomatik ravishda ular bilan bog‘liq bo‘lgan ob'ektlarni o‘zgarishi ro‘y bersin.
Berilgan ma'lumotlar bazasidagi ma'lumotlarning ortiqchaligini kamaytirish jarayoni normallashtirish deb ataladi. Berilgan ma'lumotlar bazasi nazariyasida murakkab tuzilishga ega bo‘lgan ma'lumotlarni bir nechta jadvallarga bo‘lishni etarlicha rasmiylashgan yondoshishlar ishlab chiqilgan. Bu savollar batafsil maxsus adabiyotlarda yoritilgan.
Biz jadvallarni normallashtirishni, ularni nazariy asoslanishiga qarshi ba'zi bir amaliy tomonlariga to‘xtaymiz.
Normallashtirish nazariyasi jadvallarning 5 ta normal shakli bilan ishni to‘xatadi. Bu shakllar, birinchisidan beshinchi normal shakligacha ichiga olib, ortiqcha ma'lumotlarni kamaytirish uchun atalgan. Shuning uchun xar qaysi keyingi normal shakl avvalgi shaklning talablarini va ba'zi bir qo‘shimcha shartlarni qoniqtirishi kerak.
Samrali strukturali ko‘p jadvalli bazani loyihalashda nazariya natijalaridan foydalanamiz. Misol sifatida xaridor va qilingan buyurtmalar xaqida quyidagi ma'lumotni o‘z ichiga olgan jadvalni ko‘rib chiqaylik:
Xaridorlar to‘g‘risida ma'lumot;
Buyurtma sanasi va buyurtma qilingan tovar miqdori;
Buyurtma bajarilgan sana va sotilgan tovar miqdori;
Sotilgan tovarning sifati (nomi, qiymati).
Bu jadvalni bir jadvalli ma'lumotlar bazasi sifatida ko‘rish mumkin. Asosiy muammo shundaki, unda ko‘p miqdorda qaytarilayotgan ma'lumot mavjud. Misol uchun, xar qaysi xaridor to‘g‘risidagi ma'lumotlar u qilgan xar qaysi buyurtma uchun qaytariladi.
Bunaday tuzilish ma'lumotlar bazasi bilan ishlaganda hosil bo‘ladigan quyidagi muammolarga sabab bo‘ladi:
Qaytarilayotgan ma'lumotlarni kiritish uchun ko‘p vaqt sarflashga to‘g‘ri keladi. Misol, xaridorlardan bittasi qilgan barcha buyurtmalar uchun xaridor to‘g‘risidagi bir xil ma'lumotlarni xar safar kiritishingizga to‘g‘ri keladi.
Adres yoki telefon o‘zgarganda xaridor to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan barcha yozuvlarni to‘g‘rilash kerak.
Qaytarilayotgan ma'lumotlar bazasining borligi uning o‘lchamlarini asossiz kattalashishiga olib keladi. Natijada so‘rovlarning bajarilish tezligi pasayadi. Bundan tashqari, qaytariladigan ma'lumotlar kompyuter diski maydonidan noratsional foyda-lanishiga olib keladi.
Xar qanday odatdan tashqari holat talab qilingan ma'lumotni olish uchun talay vaqt talab qiladi. Misol, qaytarilayotgan ma'lumotlarni ko‘p marotaba kiritishda xato extimolligi ortib boradi. Jadvallarni o‘lchamlari katta bo‘lganda xatolarni izlash ko‘p vaqtni oladi.
Normallashtirish nazariyasining amaliy maslaxatlaridan qilingan buyurtmalar xaqidagi jadval asosida camarali tuzilishga ega bo‘lgan ko‘p jadvalli ma'lumotlar bazasini ishlab chiqish uchun foydalanamiz.
Qilingan buyurtmalarni o‘z ichiga olgan jadval normalashmagan bo‘ladi. Ma'lumotlar bazasining jadvali birinchi normal shaklda, misol uchun, quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Jadvaldavalda qaytarilgan maydonlar guruhi bo‘lmasligi lozim;
Satrlar tartibga solinmagan bo‘lishi kerak;
Ustunlar tartibga solinmagan bo‘lishi kerak.
Birinchi shart bajarilishi uchun xar bir jadval indeksga ega, noyob ma'nolarni o‘z ichiga olgan maydon qo‘shish kerak. Misol, xaridorlar to‘g‘risidagi ma'lumotni o‘z ichiga oluvchi jadvalga xaridor kodi tushirilgan maydon qushish kerak.
Ikkinchi talab qaytariladigan guruhlarni yo‘q qilishni asoslaydi. Xar qaysi xaridor bir nechta telefon nomeriga ega bo‘lishi va xar qaysisida o‘z navbatida bir nechta tovarlar buyurilgani bir nechta buyurtma qilishi mumkin bo‘lganligi uchun bizga to‘rtta jadval zarur. Bu jadvallarning xar bir yozuvi quyidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi.


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin