Informatsion tizimlarni yaratish bo‘yicha jadal harakatlar va ma'lumotlar hajmining tez sur'atlar bilan oshib borishi 60-yillar boshida maxsus “Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi” (MBBT) deb ataluvchi dasturiy kompleksning yaratilishiga olib keldi.
Ma'lumotlar bazasi — biror sohaga oid o‘zaro bog‘langan ma'lumotlar yig‘indisining disk tashuvchidagi tashkiliy jamlanmasidir. Boshqacha qilib aytganda, ma'lumotlar bazasi — bu kompyuter xotirasiga yozilgan ma'lum bir strukturali, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma'lumotlar majmui bo‘lib, u biror bir obyektning xususiyatini, holatini yoki obyektlar o‘rtasidagi munosabatni ma'lum ma'noda tavsiflaydi.
Keng ma'noda m'lumotlar bazasi (MO) deganda real dunyoning konkret ob'ektlari haqidagi ma'lumotlar to‘plamini tushinish mumkin. Lekin ma'lumotlar xajmi oshib borishi bilan bu masalalarni hal etish murakkablashadi. Yuzaga kelgan muammo ob'ekt va ma'lumotlarni strukturalash, ya'ni tizimga solish yo‘li bilan hal qilinadi. Ob'ekt - bu mavjud va farqlanishi mumkin bo‘lgan narsadir. Ob'ektlarga tegishli bir qator ma'lumotlar borki, ularning to‘plami MO bo‘ladi. Masalan, xar bir akademik - litsey yoki kasb - hunar kolleji - bu ob'ektlar bo‘lsa, ulardagi o‘quvchilar haqidagi ma'lumotlar to‘plami MOga misol bo‘ladi.
Xar qanday jiddiy MOning yaratilishi uning loyihasini tuzishdan boshlanadi. MO loyihalovchisining asosiy vazifasi ob'ektlar va ularni tavsiflovchi parametrlarni tanlash, ma'lumotlar orasidagi ma'lumotlarni o‘rnatishdan iborat.
MOni yaratish jarayonida, foydalanuvchi ma'lumotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va belgilarning turli birikmalari bo‘yicha zarur ma'lumotlarni (tanlanmani) tez topish uchun imkoniyatlar yaratilishiga harakat qiladi. Bu ishlarni ma'lumotlar strukturalangan (tuzilmalangan) bo‘lgandagina bajarish mumkin.
Strukturalash - bu ob'ektlar va ma'lumotlarning o‘zaro bog‘lanishi tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir.
1-misol: strukturalanmagan ma'lumotlar. Shaxsiy ish №16493; Aliev Karim Ergashevich; tug‘ilgan sana 1 yanvar 1979 yil; Shaxsiy ish №16498; Boqiyev Dilmurod Raxmatullayevich; tug‘ilgan sana 5 dekabr 1985 yil; Shaxsiy ish №16595; Zokirov Anvar Rashidovich; tug‘ilgan sana 15 may 1984 yil.
2-misol: strukturalangan ma'lumotlar.
Shaxsiy ishi №
Familiyasi
Ismi
Otasining ismi
Tug‘ilgan
Sanasi
16493
Aliev
Karim
Ergashevich
01.01.79
16498
Boqiev
Dilmurod
Raxmatullaevich
05.12.85
16595
Zokirov
Anvar
Rashidovich
15.05.84
Zamonaviy MO texnologiyasida MOni yaratish, unga xizmat ko‘rsatish va foydalanuvchilarni MO bilan ishlashiga imkon yaratish maxsus dasturiy uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Bunday dasturiy uskunalar majmuasi ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MOBT) deb ataladi.
MOBT - MOni yaratish, uni dolzarb holatda ushlab turish, kerakli axborotni topishni tashkil etish va boshqa xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘ladigan dasturiy va til vositalari majmuasidir.
MOBT misoli sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- DBASEdasturi;
- Microsoft Access;
- Microsoft For Pro For DOS;
- Microsoft For Pro For WINDOWS;
- Paradox for DOS;
- Paradox for WINDOWS.
MO bilan ishlashga kirishishdan oldin ma'lumotlarni tasvirlash modelini tanlab olish kerak. U quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- axborotni ko‘rgazmali tasvirlash;
- Axborotni kiritishda soddalash;
- Axborotni izlash va tanlashda qulaylik;
- Boshqa omborga kiritilgan ma'lumotdan foydalanish imkoniyatining mavjudligi;
- MOning ochiqligini ta'minlash (yangi ma'lumotlar va maydonlar qo‘shish, ularni olib tashlash imkoniyatlari va hokazo).
MO bitta yoki bir necha modellarga asoslangan bo‘lishi mumkin. Xar qanday modelga o‘zining xossalari (parametrlari) bilan tavsiflanuvchi ob'ekt sifatida qarash mumkin. Shunday ob'ekt ustida biror amal (ish) bajarsa bo‘ladi. MO modellarining uchta asosiy turlari mavjud:
Relyatsion, ierarxik va semantik tarmoq.
Relyatsion (lotin tilidagi relatio - munosabat so‘zidan olingan) modelda ma'lumotlarni saqlash uni tashkil etuvchi qismlari orasidagi munosabatlarga asoslangan. Eng sodda holda u ikki o‘lchovli massiv yoki jadvaldan iborat bo‘ladi. Murakkab axborot modellari ana shunday jadvallarning o‘zaro bog‘langan to‘plamidan iborat.
MOning ierarxik modeli pastki pog‘onadagi yuqori pog‘onadagiga bo‘ysinish tartibida joylashgan elementlar to‘plamidan iborat bo‘ladi va ag‘darilgan daraxt(graf)ni tashkil etadi. Ushbu model sath, tugun, bog‘lanish kabi parametrlar bilan tavsiflanadi. Uning ishlash tamoyili shundayki, quyi sathdagi bir necha tugunlar bog‘lanish yordamida yuqoriroq sathdagi bitta tugun bilan bog‘langan bo‘ladi. Tugun - bu ierarxiyaning berilgan sathida joylashgan elementning axborot modelidir.
MOning semantik tarmoq modeli ierarxik modelga o‘xshashdir. U ham tugun, sath, bog‘lanish kabi asosiy parametrlarga ega. Lekin semantik tarmoq modelida turli sathdagi elementlar orqali «erkin», ya'ni «har biri hamma bilan» ma'noli bog‘lanish qabul qilingan.
Ko‘pchilik MOlar jadval tuzilmasiga ega. Unda ma'lumotlar adresi satr va ustunlar kesishmasi bilan aniqlanadi. MOda ustunlar - maydonlar, satrlar esa yozuvlar deb ataladi. Maydonlar MOning tuzilmasini, yozuvlar esa, unda joylashgan ma'lumotlarni tashkil etadi.
Maydonlar - MO tuzilmasining asosiy elementlaridir. Ular ma'lum xususiyatlarga ega bo‘ladilar. Har qanday maydonning asosiy xususiyati uning o‘zunligidir. Maydon o‘zunligi undagi belgilar soni bilan ifodalanadi.
Maydonning yana bir xususiyati, uning nomidir. Maydonda uning nomidan tashqari yana imzo xususiyati ham mavjud. Imzo - ustunning sarlavhasida aks ettiriladigan axborotdir. Uni maydon nomi bilan aralashtirib yubormaslik lozim. Agar imzo berilmagan bo‘lsa sarlavhada maydon nomi yozib quyiladi. Turli tipdagi maydonlar turli maqsadlarda ishlatiladi va turli xossalarga ega bo‘ladi.
Maydonlarning xususiyati bilan tanishib chiqamiz:
Oddiy matn maydoni. Belgilar soni 255 dan oshmasligi kerak.
MEMO - katta o‘lchamli matn maydoni. Belgilar soni 65535 dan oshmasligi shart. Oddiy matn va MEMO maydonida hisob ishlarini bajarib bo‘lmaydi.
Sonli maydon. Sonli ma'lumotlarni kiritishga xizmat qiladi va hisob ishlarini bajarishda foydalaniladi. Bu maydon 1,2,4,8 va 16 baytli bo‘lishi mumkin.
Sana va vaqt maydoni. Bu maydon sana va vaqtni bichimlangan holda saqlab quyish imkonini beradi (01.06.01 20:29:59). 8 bayt o‘lchamga ega.
«Pul birligi» nomi bilan ataluvchi maydon. Bu maydondan hisob kitob ishlarini yuritishda foydalaniladi.
Hisoblagich maydoni. Bu maydon 4 bayt o‘zunlikka va avtomatik ravishda ma'lum songa oshib borish xususiyatiga ega. Ushbu maydondan yozuvlarni nomerlashda foydalanish qulaydir.
Mantiqiy amal natijasini saqlovchi maydon. Bu maydon «rost» (true) yoki «yolg‘on» (false) qiymatni saqlaydi. Maydon o‘lchami 1 bayt.
OLE - nomi bilan yurituvchi maydon. Bu maydon Excel jadvalini, Word xujjatini, rasm, ovoz va boshqa shu kabi ma'lumotlarni ikkilik sanoq sistemasida saqlaydi. Maydon o‘lchami 1 Gbaytgacha.
Giperssilka maydoni. Bu maydon belgi va sonlardan iborat bo‘lib, biror fayl yoki saytga yo‘l ko‘rsatadi.
Qiymatlar ro‘yxatidan iborat bo‘lgan maydon. Bu maydon bir qancha qiymatlardan iborat bo‘lgan ro‘yxatdan tanlangan aniq bir qiymatni saqlaydi.
Jadvallar orasidagi munosabatlar ishonchli ishlashi va bir jadvaldagi yozuv orqali ikkinchi jadvaldagi yozuvni topish uchun jadvalda alohida maydon-unikal maydon bo‘lishini ta'minlash kerak.
Unikal maydon - bu qiymatlari takrollanmaydigan maydondir.
Misol sifatida talabalar haqidagi ma'lumotlarni saqlovchi ma'lumotlar bazasining bir qismini keltiramiz.