Jizzax viloyati baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi


Ishdagi ilmiy yangiliklar va erishilgan natijalar



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə6/28
tarix28.06.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#62432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
GULBOYEV A

Ishdagi ilmiy yangiliklar va erishilgan natijalar. Zamonaviy axborot texnologiyalarini barcha sohalarga, jumladan ta'lim tizimiga tatbiq etish, iqtisodiy samara berishi bilan bir qatorda, o‘quv jarayonida yangi o‘qitish uslublarini, ma'lumotlarni tezkorlik bilan tahlil qilish va tahrirlash usullarini qo‘llashga keng imkoniyatlar ochadi. Ta'lim tizimida axborot texnologiyalarini qo‘llash, asosan, shaxsiy kompyuterlar va axborot texnologyailarining pedagogik, administrativlik dasturiy vositalari yaratilishi bilan bog‘liq.
Ma'lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma'lumotlar bazasi (MB)ni yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ta'lim, moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va korxonalar ishlarini ma'lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Oxirgi vaqtda axborotli muhitda katta o‘zgarishlar bo‘lib bormoqda. Ana shu o‘zgarishlar qog‘ozsiz texnologiya zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Axborotlarni tartiblash, tuzilmalashtirish, tezkorlik bilan kerakli ma'lumotlarni qayta ishlash va foydalanuvchilarga etkazib berish muammolarini hal etishda ma'lumotlar va bilimlar bazalari bilan ishlovchi dasturlarninig ahamiyati beqiyosdir.
Ishning amaliy ahamiyati. Axborotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish kabi vazifalarni bajarishda ma'lumotlar va bilimlar bazasi texnologiyalarining xizmati beqiyos ekaniga ishonch hosil qilinmoqda.
Respublikamizdagi viloyatlar, shaharlar, tumanlarga qarashli korxonalar, tashkilotlar va ta'lim muassasalar zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlanib, ular maxsus qurilmalar yordamida axborotlarni uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Insonning iqtisodiy, ekologik, siyosiy va boshqa sohalarda fikrlash doirasining kengayishi axborotli muhitninig sifat va miqdor jihatdan o‘zgarishga, yangi xususiyatga ega bo‘lgan axborotli muhitning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
I-BOB BOB Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarida jadvallarni o‘zaro bog‘lashni o‘qitish metodlari


    1. Yüklə 0,74 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin