1.2 MS Access 2010 da jadval yaratish Ma'lumotlar bazasida saqlanayotgan ma'lumotlar bilan ishlovchi samarali ilovani hosil qilish uchun asosiy e'tibor ma'lumotlar bazasi strukturasini loyihalashga qaratilishi kerak. Faqat yaxshi tashkil qilingan ma'lumotlar struktarasi:
Oddiy va foydalanuvchiga tushunarli bo‘lgan ilova bilan ma'lumot kiritishni bajarish (amalga oshirish);
Kerakli bo‘lgan ma'lumotni ma'lumotlar bazasidan tez topish;
Ma'lumotlar bazasini ortiqcha o‘sib ketishga olib kelmaydigan ko‘rinishda saqlash;
Dastur ta'minotini ishlab chiqish va ko‘zatishni soddalashtirish imkonini beradi.
Relyatsion ma'lumotlar bazasi nazariyasi 70 - yillar boshida
munosabatlarning matematik nazariyasi asosida Kodd tomonidan ishlab chiqilgan. Relyatsion ma'lumotlar bazasida barcha ma'lumotlar jadval ko‘rinishida saqlanadi, bunda barcha amallar jadvallar bilan ishlashga keltiriladi. Bu nazariyada asosiy tushunchalar jadval, munosabat, yozuv, ustun, kalitlardan iborat. Xar qanday ma'lumotlar bazasining asosi jadvallardir. Jadval yozuvlar va ustunlardan tashkil topadi va ma'lumotlar bazasida noyob nomga ega. Ma'lumotlar bazasi, ular oralaridagi bog‘lanish mos keluvchi ustma - ust tushuvchi) maydonlar yordamida o‘rnatiladigan, sanoqsiz jadvallardan tuzilgan. Jadvallarning xar birida qandaydir biror bir tur (guruh) ob'ektlar to‘g‘risida ma'lumot bor. Ma'lumotlar bazasida jadvallar orasida munosabatlar o‘rnatiladi. Jadvallar orasidagi munosabatlarning to‘rtta turi mavjud: bir - birga, bir - ko‘pga, ko‘p - birga, ko‘p - ko‘pga.
Relyatsion ma'lumotlar bazasini loyihalash masalalariga o‘tishdan avval mumkin bo‘lgan munosabatlar turining xar biriga batafsilroq to‘xtaymiz.
Bir - birga munosabatning ma'nosi shuki bitta jadvalning xar bir yozuvi boshqa jadvaldagi faqat bitta yozuviga to‘g‘ri keladi (mos keladi). Misol uchun, agar ikkita jadvalni ko‘radigan bo‘lsak, ulardan birida korxona ishchilari to‘g‘risida ma'lumotlar, ikkinchisida esa - professional ma'lumotlar bo‘lsa, u holda bu jadvallar orasida bir - birga munosabat mavjud, chunki bitta jadvalda ma'lumoti bo‘lgan odam uchun prfessional ma'lumotlari bo‘lgan ikkinchi jadvalda faqat bitta yozuv bo‘lishi mumkin.
Hammadan ko‘p uchraydigan ma'lumotlar bazasidagi munosabatlar turi bu bir - ko‘pga munosabat. Berilgan munosabatlar turini ko‘rsatish uchun, korxona mijozlari va ular bergan buyurtmalar to‘g‘risida ma'lumotlar bo‘lgan jadvallarga murojaat qilishimiz mumkin. Boshqa misollar sifatida korxona va unda ishlaydigan mexnatkashlar orasidagi munosabatlar ko‘rilishi mumkin. Huddi shunday munosabatlar kompyuter va unga kiruvchi komponentlar orasida mavjud va x. k.
Ko‘p-birga munosabat avval ko‘rilgan tur bir-ko‘pga munosabat bilan o‘xshash. Ob'ektlar orasidagi munosabatlar turi sizning nuqtai nazaringizga bog‘liq. Misol, agar siz qilingan buyurtmalar va mijozlar orasidagi munosabatlarni ko‘rsangiz, u holda ko‘p-birga munosabat olasiz.
Ikkita jadvallar orasida ko‘p-ko‘pga munosabat hosil bo‘ladi, qachonki:
Birinchi jadvaldagi bitta yozuv ikkinchi jadvaldagi bittadan ortiqroq yozuv bilan bog‘lanishi mumkin bo‘lsa;
Ikkinchi jadvaldagi bitta yozuv birinchi jadvaldagi bittadan ortiqroq yozuv bilan bog‘lanishi mumkin bo‘lsa.
Misol uchun ulgurji savdo magaziniga murojaat qilamiz. Ikki guruh ob'ektlarni ko‘rib chiqamiz: etkazib beruvchi (ta'minlovchi) korxonalar ishlab chiqaradigan tovarlar ro‘yxati va iste'molchilar buyurtma qilgan tovarlar ro‘yxati. Bu ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan jadvallar orasida ko‘p-ko‘pga munosabat mavjud, chunki har qaysi etkazib berilayotgan mahsulotga bittadan ortiq buyurtma bo‘lishi mumkin. Huddi shunday, xar qaysi buyurtma qilingan mahsulot bittadan ortiq korxona tomonidan ishlab chiqarilishi mumkin.