Jizzax viloyati baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə5/28
tarix28.06.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#62432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
GULBOYEV A

Mavzuning dolzarbligi. Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma'lumotlarning tez o‘zgarishi insoniyatni ma'lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini izlab topishga undamoqda. Ma'lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma'lumotlar bazasi (MB)ni yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ta'lim, moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va korxonalar ishlarini ma'lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Oxirgi vaqtda axborotli muhitda katta o‘zgarishlar bo‘lib bormoqda. Ana shu o‘zgarishlar qog‘ozsiz texnologiya zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu esa o‘z navbatida, hisoblash texnikasining yanada keng rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Axborotli muhitning kelajakda inson hayotida o‘rni va ahamiyati bugungi holatdan ancha yuqori bo‘lishi uchun bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘lamini kengaytirish talab etiladi. Shuning uchun ijtimoiy faoliyatni zamonaviy kompyuterlar va avtomatlashtirilgan axborot tizimlari asosida qayta qurish, rivojlantirish va samaradorligini oshirish hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridandir. Bu muammolarni hal etishda “Ma'lumotlar va bilimlar bazasi, ularni boshqarish tizimlari”, “Berilganlar bazasini boshqarish tizimlari” fanining o‘rni kattadir.
Ishning maqsadi va vazifalari. Mazkur bitiruv malakaviy ishida ma'lumotlar bazasi va unung boshqarishning asosiy tushunchalar va modellari, ma'lumotlar bazasini boshqarish sistemasining turlari, ma'lumotlar bazasini loyihalash, mukammal ma'lumotlat bazasini boshqarish tizimlaridan biri bo‘lgan Microsoft Accessning dasturining asosiy ob'yektlari, Microsoft Access dasturida jadvallar ustida ishlash, Microsoft Access dasturida so‘rov obekti ustida ishlash Microsoft Access dasturida forma ob'ektlari ustida ishlash, Microsoft Accessda makroslarni yaratish texnikasi, ularni muharrirlash, makroslarni makroguruhga birlashtirish, makroslarni hodisalar bilan bog‘lash, makrosni tugma bilan bog‘lash, shartlar bilan bog‘langan makroslarni yaratish, ma'lumotlar ombori yaratayotgan vaqtda qo‘llash usullarini, imkoniyatlari tatbiqini o‘rganish va olingan bilim - malakalar natijasida “Murabbiy” - ma'lumotlar omborini boshqaruvchi dasturning ma'lumotlar omborini loyihalash, jadvallarini, so‘rovlarini, formalarini, boshqaruvni soddalashtish maqsadida makroslarini yaratish, hamda barcha foydalanuvchilar ishlarida qo‘llanma sifatida ish tayyorlash asosiy maqsad qilib olingan.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin