shaxsiy kompyuterlarni jixozli nazorati va ularning sozlanmalari.
CD va DVD to‘plovchilar ishidagi nosozliklarni tog‘irlash. Agar CD yoki DVD qoyilganidan keyin yomon ishlasa quyidagilarni amalga oshiring.
Avvalambor, ORQ, DMAni kirish/chiqish portlariga mos tushganini tekshiring. Bu
haqidagi ma’lumotni Windows 95/98 va songi talqinlari qurilmalarining hususiyatlarini dialogli
darcha yordamida bilishiz mumkin.
Device Manager darchasida ushbu qurilma ro‘yhatda bor yo‘qligini biling. Agar yoq
bo‘lsa unga elektr ta’minotni ulash esidan chiqqan bo‘lishi yoki noto‘g‘ri tizim shinaga ulangan
bo‘lishi mumkin.
Elektro taminotning borligini, moslamaning old paneldagi tugmachani bosish yoli bilan
bilish mumkin, bunda karetga chiqish yoki old paneldagi signal chirog‘i yonishi kerak.
Keyin esa kompyuterni tarmoqdan o‘chirib qopqog‘ini yeching. CD yoki DVD
qurilmasini ulash joyiga elektr ta’mirlash kabeli to‘g‘ri qo‘yilganligiga amin bo‘ling, agar u
noto‘g‘ri qo‘yilgan bo‘lsa, chiqib ketish mumkin.
So‘ngra tizim shina va tizim orasidagi ikki tomonlama ma’lumot almashinuviga javob
beruvchi IDE kabelini tekshirib ko‘ring. Asosan barcha ichki eslab qoluvchi qurilmalarida
kabelning bir chetidan keluvchi qizil chiziq, elektr ta’mirlashga yaqin ulash joyi tomonida
tugashi lozim. Kabelni to‘g‘ri ulanganligini tekshiring, shuningdek, shtirkali kontaktlarni ulanish
joylarda qayirib ketmaganligiga ahamiyat bering. Information kabelini tekshirib ko‘ring, bir
uchini CD yoki DVD toplagich bilan ulangan, ikkinchisi tizim plata bilan bo‘lishi kerak.
Agar pitaniya kabeli to‘g‘ri ulangan bo‘lib, koretka yurmasa, bu mexanik nosozlik ham
bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda disk markazga qo‘yilmasa muammolar bo‘ladi. Uni yechish
uchun to‘plo‘vchilarga teshikcha bo‘lib, qo‘lda ochish mumkin bo‘ladi. Buning uchun skrepkani
tiqib, bosish kerak. Yoki bo‘lmasa karetka yaqinda qo‘yilgan bo‘lsa, uning vintlari juda qattiq
qotirilgan bo‘lishi mumkin, vintlarni bo‘shatib ko‘ring.