MONITOR (DISPLEY) VA KLAVIATURA. Monitor (displey) matn va tasvir ko’rinishdagi axborotlarni ekranga chiqarish
qurilmasidir. Hozirgi vaqtda monoxrom va rangli monitorlar mavjud bo’lib, ular matn yoki
grafika holatlaridan birida ishlaydi.
Matn holatida monitor ekranini shartli ravishda belgi o’rinlari kataklariga bo’lib chiqish
mumkin. Bunday kataklarning soni ko’pincha gorizontaliga 80, vertikaliga esa 25 bo’ladi. Har
bir katakda mazkur bobning boshida qayd etilgan 256 belgilaridan birini (maxsus belgilar, lotin
alifbosi bosh va kichik harflari, riyoziyot hamda tinish belgilari, psevdografika belgilari va
hokazo) ko’rsatish mumkin. Lotin yozuviga mos kelmaydigan har qanday harf yoki belgini
maxsus drayversiz monitorda ifoda etib bo’lmaydi. Kirillitsaga asoslangan alifbo uchun ham
maxsus drayverlar mavjud. Rivojlangan davlatlarda yaratilgan aksariyat dasturlar lotin
yozuvigagina asoslangan. Ana shuning uchun ham lotin yozuviga asoslangan yangi alifboga
o’tar ekanmiz, o’zbek tilimizdagi tovushlarni ifoda etuvchi har bir harf lotin yozuviga zid
bo’lmasligi lozim.
Monitorning grafika holatida ekranga turli grafiklar va tasvirlar chiqariladi. Bu holatda
ekrandagi matnlarni turli shriftlarda yozish mumkin. Mazkur holatda rangli monitor ekrani turli
ranglarni qabul qila oluvchi mayda nuqtalardan tashkil topadi. Bu nuqtalarning soni monitorning
ana shu holatdagi imkoniyat darajasini belgilaydi. Masalan, imkoniyat darajasi 640x480, 16
yozuvi, ekranda gorizontaliga 640, vertikaliga 480 nuqta mavjudligini va bu nuqtalar 16 xil rang
qabul qila olishini ko’rsatadi.
Quyidagi jadval yordamida mavjud bo’lgan monitor turlari nomlarini va ularning
imkoniyat darajalarini ko’rishimiz mumkin.
Monitor Rang-mono Matn-holati Grafika holati