Jizzax yengil sanoat kasb-hunar kolleji


Point-ko`rsatkichni ekranning kerakli joyiga ko`chirish; Slick



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/41
tarix01.02.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#82201
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
shaxsiy kompyuterlarni jixozli nazorati va ularning sozlanmalari.

Point-ko`rsatkichni ekranning kerakli joyiga ko`chirish;
Slick-sichqoncha klavishasini bosib darhol qo`yib yuborish; 
Double click-sichqoncha klavishasini ikki marta tez bosish; 
Select-biror obyektni tanlash. 
Tanlab olingan tasvir, matn qismi yoki grafik simvollarni boshqa joyga ko`chirish (Drag 
and Drop texnologiyasi) mumkin. Buning uchun tanlab olingan obyekt ustiga ko`rsatkichni olib 
borib, sichqoncha klavishasi bosiladi va obyektni kerakli joyga ko`chiriladi, so`ngra sichqoncha 
klavishasi qo`yib yuboriladi.
Windowsda sonlarni kiritish klaviaturasini sichqoncha o`rnida ishlatish mumkin. Bunday 
holat har xil sabablarga ko`ra, sichqoncha ishlamay qolganda yuz berishi mumkin.


27 
 
TIZIMLI BLOK. 
Aynan tizimli blok kompyuterning eng muhim bloki bo’lgani uchun uni batafsil 
ko’rib chiqamiz. Avval ta’kidlanganidek, tizimli blok kompyuterning asosiy elektron 
qurilmalarini o’z ichiga oladi. 
Shuning uchun u SHK ning eng muhim tashkil etuvchilaridan biri sanaladi. 
Tizimli blokning tarkibi quyidagilardan iborat: 
1. Tizimli plata; 
2. Diskyurituvchi; 
3. Qattiq disk (vinchestr); 
4. Tok manbai bloki. 
Tizimli plata bu - maxsus materialdan yasalgan plastinada joylashgan mikrosxemalardan iborat 
bo’lib, ular o’zaro bog’lovchi elektr (tok) o’tkazuvchi yo’llari bilan bog’langan. Tizimli plata 
EHMning eng muhim elementlarini o’zida jamlaydi, chunonchi: 
u markaziy protsessor; 
u tezkor xotira mikrosxemalari;
u doimiy xotira qurilmasi; 
u taymer (joylashtirilgan soatlar); 
u kengaytirish tutashmalari va boshqalar. 
Tizimli plataning eng muhim elementlaridan biri - markaziy protsessoridir. 


28 
Dastur bilan berilgan ma’lumotlarni o’zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini 
boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o’zaro aloqasini o’rnatadigan 
qurilma-protsessor deb ataladi. Protsessorda arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga 
murojaat qilish, dasturda berilgan ko’rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini
boshqarish hamda asosiy xotira o’rtasida aloqa o’rnatish amalga oshiriladi. 
Protsessor katta integral sxemalardan foydalanish asosida quriladi. Protsessor 
kompyuterning asosiy qurilmalaridan, ya’ni kompyuterning “yuragi” deb hisoblanadi. Bir so’z 
bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko’rsatmalarini 
bajaradi. 
Shaxsiy kompyuterning eng muhim ko’rsatkichi uning ishlash tezligi va ma’lumotlarni 
saqlash uchun xotira hajmidir. Ma’lumki, 2 sonini turli darajalari bo’lgan 4, 8, 16, 32, 64 lar 
bilan bog’liq bo’lgan mikroprotsessorlar qabul qilishi mumkin bo’lgan betlar soni 
kompyuterlarning razryadini belgilaydi. 
IBM RS kompyuterlarning butun taraqqiyoti mikroprotsessorlarni ishlab chiqaruvchi 
Intel firmasi bilan bog’liq. Aksariyat shaxsiy kompyuterlar ushbu firma mikroprotsessorlari bilan 
ishlaydi. Shartli ravishda firmaning 8086 yoki 8088 (16 razryadli) mikroprotsessorlari IBM RS 
XT (extended version, “Iks-ti” deb o’qiladi) deb nomlanadi. 
Mazkur firmaning 80286 (16 razryadli) mikroprotsessorlari bilan ta’minlangan SHK lar IBM RS 
AT (Advanced Techology) deb ataladi. 
IBM RS shaxsiy kompyuterlarning oilasi tez rivojlanmoqda. Bugungi kunga kelib Intel 
firmasining ko’p razryadli ishlash samarasi va imkoniyati katta Rentium shaxsiy kompyuterlari 
tez tarqaldi. Rower RS rusumidagi yana ham kuchli mikroprotsessorlarning tarqalishi 
kutilmoqda. 
Tizimli platada joylashgan yana bir eng 
muhim 
element 
-tezkor 
xotira 
mikrosxemalaridir. 
Tezkor 
xotira 
yoki 
tezkor 
xotira 
qurilmasi (TXQ) o’zida ayni vaqtda kompyuter 
ishlayotgan dasturlar uchun ma’lumotlar shu 
bilan birga ishning natijasi saqlanadigan 
mikrosxemalardan tashkil topgan. 


29 
Tizimli platada joylashgan xotiraning yana bir turi - doimiy xotira qurilmasi (DXQ,) yoki 
doimiy xotira (DX) deb ataladi. 
Doimiy xotira BIOS (Basic Inrut - Outrut System - kiritish va chiqarishning baza tizimi) 
nomli zavodda yozilgan boshqaruv dasturlari to’plamini saqlovchi mikrosxemadir. Doimiy 
xotirada saqlanayotgan axborotni tezkor xotiradagilardan farqi shuki, kompyuter tok manbaidan 
o’chirilganda ham axborot saqlanib qoladi. 
Undagi axborot bir marta zavodda mikrosxema tayyorlash jarayonida kiritiladi, uni 
o’zgartirish mumkin emas. 
DXQ (BIOS) - quyidagi vazifalarni bajaruvchi dasturlar to’plamidir. Birinchidan, 
kompyuter manbaga ulanganda uning hamma qurilmalarini, masalan diskyurituvchi va 
vinchesterlarni boshqarishga imkon bersa, ikkinchidan taymer kompyuterdagi to’xtovsiz 
ishlaydigan elektron soat, vaqtini va yilini aniqlash uchun xizmat qiluvchi mikrosxema. 
Kengaytirish raz’yomlari - kompyuter imkoniyatlarini kengaytirib, uning yordamida 
kompyuterlarga qo’shimcha qurilmalar ulanadi. Odatda kengaytirish raz’yomlarida qurilmani 
boshqaradigan alohida maxsus platalar qo’yiladi. Bunday platalar nazoratchilar deb nomlanadi. 
Masalan, monitor ishini boshqaradigan plata videonazoratchilar deb nomlanadi. Kompyuterning 
barcha qurilmalari uchun boshqaruv signallar beruvchi vosita markaziy protsessor bo’lsa-da, 
nima uchun nazoratchilar mavjud degan, savol tug’iladi. Buning mohiyati shuki, markaziy 
protsessor boshqaruv signallarini umumiy tartibda beradi, nazoratchi ularni qabul qilib, bevosita 
qatnashishi talab qilinmaydigan qator yumushlarni bajaradi. Hayotiy bir misol timsolida 
masalan, bosh oshpaz o’z yordamchilariga palov damlashni buyuradi, buni markaziy protsessor 
boshqaruv signaliga qiyoslasak, oshpazlar esa sabzi, guruch, o’tinlarni tayyorlaydi, bu - 
nazoratchi bajaradigan ishlar deb tushunsa bo’ladi. 
Tizimli platada yana boshqa ko’plab qurilmalar joylashgan, biroq, ular to’g’risida 
ma’lumot kompyuter ishini chuqur o’rganishni hohlagan foydalanuvchi uchun muhim bo’lishi 
mumkin. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin