24
programmalarga buyruqlar, shuningdek, bu qurilmalar yordamida
programmalarga kerak
bo`lgan ma'lumotlar kiritiladi.
Sichqoncha. Sichqoncha odatda ikki yoki uch klavishali bo`ladi: chap, o`ng va o`rta.
Chap va o`ng klavishalar programma asosida almashtirilishi mumkin. Odatda chap klavisha
yordamida asosiy amallar (ajratish, surish, bajarish va h.k.) bajariladi. O`ng klavisha kontekst
meny deb ataluvchi amallarni bajarish uchun xizmat qiladi. Kontekst
menyning vazifasi joriy
holatda u yoki bu amalni tezroq bajarish bilan bog`liq. O`rta klavisha hozirda xususan, varaqlash
(Page Down, Page Up amaliga o`xshab) maqsadlari uchun qulay.
Klaviatura. Klaviatura 101-105 klavishlardan iborat.
O`z vazifalariga ko`ra klavishlar beshta guruhga bo`linadi:
1. Harflar va sonlarni kiritadigan klavishlar. Ular oddiy yozuv mashinkalarning
klavishlariga o`xshaydi.
2. Boshqaruvga oid klavishlar.
3. Funksional yoki amal klavishlar.
4. Kichik sonlar kiritadigan klavishlar.
5. Maxsus belgilardan iborat klavishlar.
Eng katta guruh-birinchi guruh bo`lib, ular yordamida rus va lotin katta-kichik harflari,
sonlar,
maxsus belgilar, tinish belgilari kompyuterga kiritiladi. Pastda joylashgan uzun, hech
qanaqa belgisi bo`lmagan klavishning nomi
Spacerbar yoki
Space deb ataladi va bo`shliq
belgisini kiritishga mo`ljallangandir. Boshqa
klavishlar bir necha nomga ega, chunki ular
klaviaturaning ish tartibiga (registriga) qarab turli belgilarni kiritishga mo`ljallangan.
Pastki registrda kichik yuqori registrda esa katta harflar kiritiladi.
Rus alifbosidan lotin (ingliz) alifbosiga yoki aksincha, lotinchadan ruschaga o`tish siz
ishlaydigan programmaga bog`liq. Masalan, WINDOWS da alifbo avtomatik ravishda tanlanadi.
(Ekranning eng pastki qismida).
Ekranga belgi tushadigan joy maxsus usul bilan belgilanadi. Buning uchun
maxsus
belgi bor, u
kursor deb ataladi. Agar ekran matn kiritish holatida ishlab turgan bo`lsa, unda
kursor o`chib-yonib turadigan vertikal chiziqcha yoki harfning ustiga tushadigan
to`rtburchakka o`xshaydi va
matn kursori deb nomlanadi.
Boshqarishga oid klavishlar har xil boshqarish vazifalarini bajaradi.
Ayrim klavishlar,
masalan:
CAPSLOCK,
NUMLOCK va
SCROLL LOCK klavishlarining ishlash vazifasini
o`zgartirib turadi.
SHIFT,
CTRL,
ALT klavishlari boshqa klavishlar bilan birga ishlaydi.
Masalan,
CTRL + ALT + F degani
CTRL,
ALT va
F klavishlarini birdaniga bosishni
bildiradi.