Fine Reader) foydalanish zarur.
Skanerni kompyuterga ulash uchun turli usullarda foydalaniladi. Ba'zi skanerlar maxsus
kontrollerga (kengaytiruvchi plata) ega bo`lib, ular u orqali ulanadi. Bunda plata kompyuterning
asosiy platasiga (ona platasi) maxsus joyga va o`sha plata orqali o`rnatiladi.
Ba'zi skanerlar parallel portga to`g`ridan-to`g`ri ulanadi. Hozirda asosan SCSI-3
interfeysi orqali ulanadi. Bu andoza kompyuterga ko`plab tashqi qurilmalarni, shu jumladan,
skanerni ulash imkoniyatini beradi. Turli kompyuterlar uchun programma birligini ta'minlash
maqsadida TWAIN qaydnomasi ishlatiladi.
Demak, agar WINDOWSda shu qaydnoma o`rnatilgan bo`lsa, u skanerlar bilan bemalol
ishlay oladi. Odatda skaner sotib olinayotganda uni qaysi operatsion sistemaga mo`ljallanganini
bilish lozim. Shu bilan birga hozirda chiqarilayotgan skanerlarning aksariyati WINDOWSga mos
skanerlardir. WINDOWS 98 dan boshlab esa operatsion sistemalar TWAIN qaydnomasini
yaxshi taniydigan bo`ldi. Shuning uchun ham bu operatsion sistemalarda skanerlar bilan bevosita
ishlash imkoniyati mavjud.
Lazerli (kompakt) disk. CD ROM (Compact Disk Read Only Memory – faqat o`qish
uchun lazerli disk). Keyingi paytda bu qurilma juda muhim rol o`ynamoqda. Uning asosiy sababi
unga 650 Mbayt hajmdagi ma'lumotni sig`ishi bo`lsa, ikkinchi tomondan uni ishlatishda
qulayligi bilan alohida e'tiborga loyiq. Uning CD ROM va CD Writer (yozuvchi)
ko`rinishdagilari mavjud bo`lib, birinchisi faqat o`qish uchun mo`ljallangan bo`lsa, ikkinchisi
ma'lumot va programmalarni yozish uchun keng qo`llanilmoqda. Ayniqsa, hujjatlarning elektron
versiyasini bunday ma'lumot yuritgichi orqali ayirboshlash dolzarb masala bo`lib qoldi.
CD ROM ning muhim ko`rsatkichlaridan biri uning ma'lumot ayirboshlash tezligidir.
Hozirda ko`proq 48, 52 tezlikli lazer disklar ishlatilmoqda.