F1 dan F12 gacha bo`lgan klavishlar funksional klavishlar deb nomlanadi. Dastur
tuzilishiga qarab, ushbu klavishlar har xil vazifalarni bajarishi mumkin. Bular 12 ta bo`lishiga
qaramasdan, ko`pincha F1 dan F10 gachasi ishlatiladi. Odatda F1 klavishi yordamchi
ma'lumotlarni olish uchun xizmat qiladi (Spravochnik).
Num Lock (sonlarni saqlash)-sonlar kiritishning kichik klaviaturasi sonni kiritishga yoki
kursorni boshqarishga moslaydi. Sonlarni kiritish klavishlari ikki rejimda ishlashi mumkin:
1) sonlarni kiritishda,
2) kursorni boshqarishda.
Ikki holatning biridan ikkinchisiga o`tishni Num Lock (mahkamlash bilan) yoki Shift
klavishi (mahkamlash kerak emas) bajaradi. Bunda Caps Lockklavishi sonlarni kiritish
klaviaturasiga ta'sir ko`rsatmaydi.
Sonlarni kiritish paytida sonlarni kiritish klaviaturasi kalkulatorning klaviaturasiga
o`xshaydi. Sonlarni va arifmetik amallar belgilarini kiritish uchun qulaylik yaratadi. Sonlarni
kiritgan paytda Num Lock chirog`i yonib turishi kerak, agarda Num Lockni ko`rsatuvchi chiroq
o`chgan bo`lsa, ushbu kichik klaviatura bilan kursorni boshqarish mumkin.
Ctrl (Control-boshqarish) - boshqa klavish bilan birga bosilganda, o`sha klavishning
vazifasi o`zgaradi, ALT (Alternative-o`zgartiruvchi) - bu klavish ham boshqa klavishlar bilan
birga bosilganda, o`sha klavishning ish vazifasini o`zgartiradi.
Print Ssreen (ekrandagi chop etish) - ushbu klavish ekranda bo`lgan ma'lumotni
printerga chiqarib beradi.
PAUSE (vaqtinchalik to`xtash) - ushbu klavish bosilganda kompyuter o`z ishini
vaqtincha to`xtatadi.
TAB (tabulyatsiya so`zidan) - faqat pastdagi registrda ishlaydi va gap matn, hujjatlar
haqida ketganda, kursorni o`ng tomonga, navbatdagi maxsus ko`rsatilgan (belgilangan) nuqtaga
(pozitsiyaga) suradi. Bu klavishning qulayligi shundaki, uning yordami bilan jadvallar tuzish
oson va matnni yozganda ham belgilangan pozitsiyadan boshlab terish mumkin. Klavishlarni
yuqori registrda bosganda, kursorni chap tomonga, belgilangan pozitsiyaga surish mumkin.
BackSpace (Orqaga qaytish) - qaytarish klavishi. Bu klavisha yordamida, matn terish
paytida, ekrandagi kursordan chap tomondagi xato terilgan belgilarni o`chirish mumkin.
Kursorning o`zi esa bitta belgi chap tomonga suriladi.