33
emas, balki bir o’qda joylashtirilgan va zich yopilgan yopiq metal korpusiga joylashtirilgan bir
qancha metal disklar bor. Diskning har bir tomoni ishchi hisoblanadi. Unga axborotni yozish va
uni o’qish mumkin. “Vinchester”ning axborot sig’imi 500 Mbayt dan to 4Gbaytgacha.
Buning ustiga “vinchester” markaziy protsessorga axborotni disk yurituvchiga karaganda
tezroq uzatadi. U holda nima uchun disketlardan foydalaniladi?
Disketaning asosiy afzalligi shundaki, undagi axborotni bir kompyuterdan ikkinchisiga
o’tkazish osonroq. Qattiq diskni bir kompyuterdan ikkinchisiga ko’chirish yangi
foydalanuvchilarga maslahat berilmaydi. Tizimli blokni ochish, qattiq diskni ajratish, so’ngra
boshqa kompyuterning tizimli blokini ochib, qattiq diskni ushlash kerak. Disketani ko’chirish
uchun esa bir diskyurituvchidan chiqarib ikkinchisiga qo’yish kerak. Bu katta mahorat talab
etmaydigan operatsiya.
Dostları ilə paylaş: