Javob: Kafanlik.
Izoh: So‘z salla haqida ketmoqda.
329-savol: 1455-1485 yillarda o‘zaro kurash olib borgan ikki dinastiya bo‘lgan. Buni qarangki,
ularning har ikkalasining belgisi haqida oradan bir necha asr o‘tib qo‘shiqlar kuylandi. Qo‘shiq
kuylaganlardan biri rus, ikkinchisi o‘zbek ayoli hisoblanadi. Agar rus ayoli Alla Pugachyova
bo‘lsa, o‘zbek ayoli kim?
Javob: Umida Mirxamidova.
Izoh: Gap Angliyada bo‘lib o‘tgan “Oq atirgul” va “Pushti atirgul” ramzlariga ega bo‘lgan
dinastiyalar o‘rtasidagi urush haqida ketmoqda. Alla Pugachyova pushti atirgul haqida kuylagan
bo‘lsa, Umida Mirxamidova oq atirgullar haqida kuylagan.
330-savol: Sobiq sovet ittifoqidan fazoga “Orbita”stantsiyasi to‘riga rangli va oq qora TV
dasturlarni uzu-kun translyatsiya qilish uchun sun’iy yo‘ldosh uchirildi. Unga nom berishda esa
oq-qora TV larni unutib, rangli TV larga hos bo‘lgan nomni berishdi. Unga qanday nom berilgan
bo‘lishi mumkin?
Dostları ilə paylaş: |