Javob: Penitsillin.
40-savol: U narsa bizning yanada ko‘rkamroq ko‘rinishimizni ta’minlaydi. U dastlab 1470 yilda
paydo bo‘lgan. Faqtgina 1890-1894 yillardan boshlab aynan hozirgi vaqtdagi ko‘rinishga kirgan.
Bu nima bo‘lishi mumkin?
Javob: Dazmol.
41-savol: Bu davlatning nomi arabcha so‘zdan olingan bo‘lib «suv o‘rtasidagi quruqlik,orol»
degan ma’nolarni bildiradi. Bu davlatning nomi nima?
Javob: Jazoir.
42-savol: Bu siz bilan bizga juda yaxshi tanish bo‘lgan so‘z arab tilidan olingan olingan bo‘lib,
nozik fahm, yaxshi fikrlash degan ma’nolarni bildiradi. Bu qanday so‘z?
Javob: Zakovat.
43-savol: Zardob, zardolu degan so‘zlarni barchamiz eshitganmiz. Zardob va zardoluni ko‘z
oldingizgi keltiringda, shu so‘zlarning o‘zagi bo‘lgan «zard» so‘zi qanday ma’noni bildirishi
mumkinligini ayting.
Javob: Fors tilida «sariq» degan ma’noni bildiradi.
44-savol: Bu so‘z arab tilidan olingan bo‘lib «tirikchilik, umr kechirish, yashash» degan
ma’nolarni bildiradi. Lekin hozirgi kunda bu narsa yashash va umr kechirish uchun unchalik ham
yetmasligi mumkinligini ko‘rish mumkin. Bu qanday so‘z?
Dostları ilə paylaş: |