Javob: Xurmo.
17-savol: Uning vatani Bengaliya hisoblanadi. E.av. 327 yilda Iskandar Zulqarnayn Hindistonga
yurish qilgan paytlarida uni «arisiz asal» deb atagan. U nima?
Javob: Shakarqamish.
18-savol: «Fil sichqondan qo‘rqadi, chunki sichqon filning hartumiga kirib ketarmish» deyishadi.
Bu noto‘g‘ri. Fil hartumiga sichqon kirishidan qo‘rqmaydi. Mabodo sichqon filning hartumiga
kirgudek bo‘lsa, uni chirpirak qilib puflab yuboradi. Lekin «fil sichqondan qo‘rqadi» degan
iboraning zamirida haqiqat bor. Bu haqiqat nimadan iborat?
Javob: Sichqon va kalamushlarning narsalarni qitirlatib kemirishi filni asbiylashtirib yuboradi,
jazavasini qo‘zg‘otadi va shuning uchun fil o‘sha yerdan qochishga harakat qiladi.
19-savol: Bu ovozni eshitgan qoplon irillashdan, sirtlon uvillashdan to‘xtaydi, maymunlar
ayuhannos solib daraxtlarning eng baland shohlariga chiqib ketadi, kiyiklar, ohular yashin
tezligida ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi, podada ma’rayotgan qo‘y, echkilarning ovozi o‘chadi, tuyalar
arqonini uzib qochadi, otlar oldinig ikki oyog‘ini tik ko‘tarib, og‘ir hansirab, kishnay boshlaydi
va zo‘r berib orqasiga tisariladi, itlar dumini qisib egasining pinjiga kiradi. Bu ovozni eshitganda
hatto odam ham bezgak tutgandek qaltirab, bekinish uchun joy axtaradi. Bu qanday ovoz?
Dostları ilə paylaş: |