tashabbus hayotda o‘z in’ikosini topdi. «6+2» guruhi tashkil etil-
di. Uning birinchi uchrashuvi 1997-yil 16-oktabrda Nyu-Yorkda
boTib o‘tgan edi.
Toshkent anjumanida ishtirokchilar Afg‘oniston mojarosini tinch
yo‘l bilan hal etish chora-tadbirlari xususida o ‘z fikr-mulohazalarini
bayon qildilar. Afg‘onistonning ichki muammolarini bartaraf etishda
tashqi kuchlaming aralashuviga chek qo‘yish, o‘zaro nifoqdagi to-
monlar o‘rtasida to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri muzokaralami boshlash zarurligi
ta’kidlandi.
Anjuman nihoyasida «Afg‘onistondagi mojaroni tinch yo‘l bilan
bartaraf etishning asosiy tamoyillari to‘g‘risida»gi Toshkent Dekla-
ratsiyasi imzolandi.
Uchrashuv yakunida mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vo-
sitalari vakillari uchun matbuot anjumani boTdi. Unda L.Braximi
«6+2» guruhi uchrashuvining bevosita Afg‘oniston bilan chegara-
dosh mintaqa - 0 ‘zbekistonda o‘tayotgani muhim ahamiyat kasb
etajagini ta’kidladi. Yana bir e’tiborga molik tomoni shundaki,
Toshkent uchrashuvida Afg‘onistondagi ikki asosiy guruh «Tolibon»
harakati hamda Afg‘oniston Birlashgan fronti vakillari ilk bor bir
stol atrofiga yig‘ildi. Shuningdek, qabul qilingan Toshkent Dekla-
ratsiyasi Afg‘onistonda tinchlik o ‘matish yoTidagi zalvorli qadam
boTganini qayd etdi. BMT Bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha
maxsus vakili mazkur Deklaratsiya uzoq vaqt mobaynida ishlab
chiqilgan va V zida Afg‘oniston zaminida tinchlik o‘matishning
asosiy tamoyillarini jamlash bilan birga, endilikda «6+2» guruhi
a’zolarining nuqtayi nazari va qarashlarini umumlashtiradigan mu
him hujjat sifatida ham amal qilishini aytdi.
Darhaqiqat, Toshkent Deklaratsiyasining qabul qilinishi katta
ahamiyatga ega. U «6+2» guruhiga a’zo davlatlar hamda Afg‘onis-
tonda nizolashayotgan tomonlar uchun tinchlikka eltuvchi xarita
vazifasini bajarishga qaratilgan. Matbuot anjumanida ta’kidlandiki,
Deklaratsiya - so‘nggi manzil emas. U «Tolibon» bilan Birlashgan
front o‘rtasida, shuningdek, ular bilan «6+2» guruhi a ’zolari o‘rtasida
to‘g ‘ridan to‘g‘ri muloqotyoTgaqo‘yilishiga vaAfg'onistonda tinch
lik o‘matish jarayoni izchil davom etishiga umid uyg‘otdi.
Dostları ilə paylaş: