asi mohiyati ham shu - davlatimizning xavfsizligi va tinchligini
ta’minlash, qolaversa, mintaqada barqarorlikni qaror toptirish uchun
shart-sharoitni imkon qadar kengaytirish
va mustahkamlashdan ibo-
rat.
Bugungi kunda dunyodagi 19 mamlakat NATOning to‘laqonli
a’zosi sanaladi, qirqqa yaqin davlat ushbu alyans bilan hamkorlik
qiladi. Mazkur Shimoliy alyans, NATOga a’zo hamda unga she-
rik davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish 0 ‘zbekiston uchun juda
muhim. Islom Karimov Yevroatlantika hamkorlik kengashining yalpi
majlisida so‘zga chiqib, 0 ‘rta Osiyo mintaqasida tinchlik va bar
qarorlikni saqlash uchun zarur boTgan quyidagi omillarga alohida
to‘xtalib o‘tdi:
- yigirma yildan beri o ‘sha davr nuqtayi nazaridan davom etib
kelayotgan va mintaqa xavfsizligiga katta tahdid solayotgan afg‘on
mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish. Shu o‘rinda
bir fikmi aytish
joizdir. Agar Yevropaning biror-bir nuqtasida kichkinagina janjal
chiqsa-yu, uch-to‘rt kishi qurbon bo‘lsa, masala darrov jahonshumul
ahamiyat kasb etadi. Holbuki, Afg‘onistonda kuniga yuzlab odamlar
urush tufayli halok bo‘layotgani jahon ahlida unchalik ham katta
tashvish tug‘dirmayotgani ajablanarli. Fikrimizcha, buning sababi
jahon xavfsizlik tizimida muvozanat yo‘qligidir. 0 ‘zbekistonning,
qolaversa, boshqa davlatlaming ham NATO bilan hamkorlikni yana-
da rivojlantirishga intilayotgani ayni shu muvozanatni ta’minlashga
xizmat qilishi shubhasiz;
- yadro quroliga ega davlatlar sonining ko‘payishiga yo‘1 qo‘y-
maslik zarur. Negaki, keyingi vaqtda Janubiy Osiyoda o‘tkazilgan
yadro sinovlari kishini tashvishga soladi;
- mintaqada diniy ekstremizm va fundamentalizmning tarqali-
shiga yoT qo‘ymaslik lozim. Aytish mumkinki,
bugun aynan diniy
ekstremizm va fundamentalizm yer yuzidagi ko‘plab urushlar, moja-
rolarga «havo berib» turibdi;
- terrorizm va zo‘ravonlik, qurol-yarog‘ hamda narkotik modda-
lar kontrabandasiga qarshi hamkorlikda kurashni kuchaytirish zarur.
Ayni shu masalalarda 0 ‘zbekiston NATO va unga sherik boshqa
davlatlaming ko‘magiga ehtiyoj sezadi.
Islom Karimovning «Eksimbank» prezidenti J. Hermon bilan
muloqoti, shuningdek, Kapitoliyda 0 ‘rta Osiyo hamda Kavkaz dav-
latlari rahbarlari hamrohligida AQSH senatorlari bilan uchrashuvi
ham tashrifning muhim voqealaridan boTdi. Shu o ‘rind^ AQSH
senatorlari bilan boTgan uchrashuv haqida biroz to‘xtalib o'tsak.
Senator Sem Braunbek uchrashuvni
ochar ekan, ayni vaqtda AQSH
3 3 7
senati «Buyuk Ipak yo‘li - XXI asr» nomli qonun qabul qilishga
chog‘lanayotganini ma’lum qildi. AQSHning Buyuk Ipak yo‘liga qi-
ziqayotgani xayrli, albatta. Tabiiy bir savol tug‘iladi: nega Buyuk
Ipak y o ii oradan ikki ming yil o ‘tib yana muhim strategik ahamiyat
kasb etyapti? Sabab shuki, bugun bu yo‘ldan nafaqat mazkur min-
taqa
davlatlari, balki Yevropa mamlakatlari, shu jumladan, AQSH
ham katta manfaat topishi mumkinligi tobora yaqqolroq namoyon
bo‘lmoqda. Davlatimiz rahbari senatorlar bilan uchrashuvda so‘zga
chiqib, yig‘ilganlaming e’tiborini Buyuk Ipak yo‘lini rivojlantirish-
ga qanday omillar, kuchlar xalal berishi mumkin,
degan masalaga
qaratdi. Sir emaski, ayrim mamlakatlar 0 ‘rta Osiyo va Kavkaz dav-
latlarining g ’arbga tomon yangi aloqa koridorlariga ega bo‘lishini
xohlamaydi. Ayniqsa, mazkur mintaqadagi neft va gazni jahon bozo-
riga chiqarish uchun yangi yo’nalishlaming paydo boiayotgani ular-
ning paytavasiga qurt tushirayotir. Ikkinchidan, diniy ekstremizm
va fundamentalizmning mazkur mintaqa mamlakatlarida tarqalishi
va buning asnosida yuzaga keladigan beqarorlik ham davlatimiz-
ning hamkorlik yo‘lidagi sa’y-harakatlariga
putur yetkazishi mum-
kin. Uchinchidan esa, ayrim davlatlar hamon shovinistik kayfiyatdan
xalos bo‘la olmayotgani bilan bog‘liq. Ular mintaqada o‘z ta’sirlarini
saqlab qolish uchun turli amallardan foydalanyapti. Bu harakat esa
Buyuk Ipak yo‘lini tiklash, o‘zaro integratsiyalashuv yo‘lidan bo-
rayotgan davlatlaming maqsadiga zid. Va nihoyat, Osiyodagi ayrim
davlatlar o ‘z strategik maqsadlarini ko‘zlab Buyuk Ipak yo‘lining
tiklanishiga va rivojlanishiga xalal berishi mumkin. Shuning uchun
bu haqda gap ketganda, yuqorida tilga olingan masalalarga alohida
e’tibor qaratish kerak boiadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzurida milliy xavfsizlik
kengashi, xavfsizlikni ta’minlash sohasida davlatning ichki va tashqi
siyosati masalalari bo’yicha maslahat organi tashkil etildi.
Shubhasiz, yuqoridagilar 0 ‘zbekistonda milliy xavfsizlikni
ta’minlash va barqarorlikni saqlab turishning ishonchli omili bo‘lib
xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: