Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Inflatsiya
(davr oxirida % da)
• Inflatsiya darajasi 6,8 % ni tashkil etdi va prognoz istiqbollari doirasida saqlan-
gan.
• Milliy valuta barqarorligi ko'tarilgan.
• Banklami kapítallashtirish darajasi ko'paytirilgan.
• Iqtisodiyotning real sektorini kreditlashtirish hajmlari kengaytirilgan.
390


to‘g ‘ri keldi. Bunda davlatning barqarorlashtirish siyosati pul qadr- 
sizlanishining yuqori sur’atlarini pasaytirishga yordam berdi.
Tijorat banklarining omonatlar va depozitlami jalb etishdagi 
ulushi ortib bordi. Bu esa bank tizimida raqobat muhitining shaklla- 
nayotganini o ‘zida aks ettiradi. Tijorat banklarining jalb etilgan de- 
pozitlar va omonatlar umumiy hajmidagi salm ogi 1993-yil oxiridagi 
1,5 foizdan 1996-yilning yarmida 24,6 foizgacha o ‘sdi.
2007-yilga kelib bank tizimida muayyan ijobiy o‘zgarishlar ro‘y 
berdi - jami bank kapitali 1 trillion so‘mdan oshdi va u 2000-yilga 
nisbatan 7,4 marta o‘sdi, bank muassasalari tarmog‘i ikki barobar- 
dan ziyod ko‘paydi.
Mikrokreditbank tashkil etildi va u o ‘tgan qisqa davr ichida 
kichik biznes subyektlariga 25 milliard so‘mdan ortiq mikrokreditlar 
ajratdi. Minibanklar tarmog‘i jadal rivojlanmoqda, ulaming soni bu- 
gungi kunda 1800 tadan ortadi.
Faktoring va lizing xizmatlari kabi bank xizmatlarining yan- 
gi turlari o'zlashtirilmoqda. Akkreditivlar bo‘yicha xizmatlar, plas- 
tik kartochkalar yordamida naqd pulsiz hisob-kitoblami amalga 
oshirish, iste'mol kreditlari ajratish, omonatlaming e ’tibomi torta- 
digan yangi turlarini joriy etish va boshqa xizmatlar yaxshi y o ig a 
qo‘yilmoqda.
1992-1996-yillar mobaynida valutani boshqarish sohasidagi fa- 
oliyat milliy ^alyutani muomalaga kiritish va mustahkamlash uchun 
zarur shart-sharoitlami izchil yaratib berishga qaratildi, valuta bosh- 
qaruvi masalalari bo‘yicha normativ baza vujudga keltirildi.
1994-yilning 15-aprelidan boshlab 0 ‘zbekiston valuta birjasi- 
da doimiy savdolar o‘tkazilib kelinmoqda. 1994-yili realizatsiya qi- 
lingan chet el valutasining umumiy summasi 16 million 558 ming 
AQSH dollarini tashkil etdi. 1995-yil davomida hammasi b o iib 90 
marta savdo o ‘tkazildi. Bunda valuta birjasining umumiy oboroti 1 
milliard 545 million AQSH dollarini tashkil etdi yoki 1994-yilga qa- 
raganda 14 barobar ko‘p boTdi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqarorlashtirishda soliq siyosa- 
tim takomillashtirishga qaratilgan choralar ham muhim rol o‘ynadi. 
Chunki soliqlar xazinani toTdiruvchi asosiy manbadir. Shuning 
uchun ham mustaqillik yillarida mamlakatda mavjud soliq tizimini 
takomillashtirishga katta e’tibor berildi.
Prezident I. Karimov iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish ma- 
salalariga to'xtalib shunday deb yozadi: «Islohotning iRkinchi bos- 
qichida iqtisodiy barqarorlikni va tarkibiy o ‘zgarishlami ta'minlash 
birinchi navbatdagi vazifaga aylangan chog‘da soliq tizimi birinchi
391


galda rag‘batlantiruvchilik vazifasini bajarishi kerak. Bu esa amalda- 
gi soliq tizimini anchagina isloh qilishni talab qiladi».
Soliq tizimi bugungi ko‘rinishiga ega bo‘lgunigacha ma’lum 
bosqichni bosib o ‘tdi.
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 12-avgustidagi « 0 ‘zbekiston 
Respublikasida Davlat Soliq organlari haqida»gi Qarori mam- 
lakat hayotida muhim voqea bo‘ldi. Amalda shu qaror asosida 
0 ‘zbekistonda eng zamonaviy shaklda, butunlay yangi tipdagi soliq 
tizimi yuzaga keldi. 12-avgust «Soliqchilar kuni» deb e’lon qilindi 
va u kasb bayrami sifatida nishonlanadigan bo‘lindi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 18-yanvardagi 
« 0 ‘zbekiston Respublikasining Davlat Soliq Bosh Boshqarma- 
sini 0 ‘zbekiston Respublikasining Soliq Qo'mitasiga aylantirish 
to‘g‘risida»gi Farmoni soliqchilar hayotida yangi bosqichni boshlab 
berdi.
Xorijiy mamlakatlar bilan aloqalaming kengayib ketganligi 
mazkur Bosh Boshqarma xizmat doirasini kengaytirib yubordi. Nati- 
jada u 1997-yildan boshlab Davlat qo‘mitasiga aylantirildi.
Shunga o‘xshash tarkibiy o‘zgarishlar soliqchilar faoliyatini 
kengaytirdi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida barcha sohalar 
qatori soliq tizimiga bo‘lgan munosabatlar ham tubdan o‘zgardi. U 
ikkinchi darajali tizimdan bozor iqtisodiyotini amalda tartibga so- 
luvchi muhim vosita va davlat daromadlarini vujudga keltiruvchi 
bosh manba darajasiga ko‘tarildi.
Mamlakatda soliq tizimini yaxshilash borasidagi amalga oshiri- 
layoígan ishlar soliq to‘lovchilar ongida tub o ‘zgarishlar yuz berishi- 
ga sabab bo‘ldi.
Mulk shaklidan qat’i nazar soliq toiovchilar soni yildan yilga 
ko‘paydi. Agar 1994-yilda 91 mingdan ortiq yuridik shaxs ro‘yxatga 
olingan bo‘lsa, hozir ulaming soni 148 mingtaga yetdi. Yakka tartib- 
da mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar, jismoniy shaxs- 
lar ham soliq to‘lovchilar safini to‘ldirib bormoqda.
1996-yilda ular soni 1994-yildagiga nisbatan sezilarli darajada 
ko‘payib, 2 mln. 31 ming kishiga yetdi. Ulardan budjetga tushayot- 
gan soliq to‘lovlari 5,7 marta ko‘paydi.
Jismoniy shaxslami soliqqa tortish masalalari bo‘yicha keyin- 
gi yillarda bir qator o ‘zgarishlar bo‘lganligini hisobga oigan holda 
yangi yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlar tayyorlandi.
2007-yilga kelib qat’iy moliya-kredit va pul siyosatini yuritish 
va shu asosda yil davomida inflatsiya darajasini 5-7 foizgacha qis- 
qartirish ko‘zda tutildi.
392


Soliq siyosatini yanada erkinlashtirish va soliq organlari faoli- 
yatini takomillashtirish borasidagi ishlar davom ettirildi. Daromad 
solig‘i stavkalarini 12 foizdan 10 foizga, kichik biznes subyektlari 
uchun yagona soliq to‘lovi stavkasini 13 foizdan 10 foizga, shu­
ningdek, yagona ijtimoiy to‘lov stavkasini 24 foizgacha kamaytirish 
ko‘zda tutilmoqda.
Tibbiyot, ta’lim va sport obyektlarini saqlash xarajatlari korxo- 
nalaming soliqqa tortiladigan bazasidan chiqariladi, savdoda ilgari 
to ia b kelingan uchta to‘lov o‘miga esa yagona soliq to‘lovi joriy 
etiladi.
Shuningdek, jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan so­
liq stavkalari sezilarli darajada pasaytiriladi, qator boshqa soliq 
to‘lovlari va imtiyozlari unifikatsiya qilinadi.
Rivojlangan davlatlar tajribasi asosida fuqarolaming yillik daro- 
madlarini Deklaratsiya qilish tartibi joriy qilindi. Bu masalada dast- 
lab Chilonzor va Shayxontohur tumani soliq inspeksiyalarida tajriba 
o‘tkazilib, keyinchalik respublika miqyosida yoyildi.
Mamlakatda 
soliq tizimini jahon 
andozalari 
darajasiga 
ko‘tarishda Prezidentimiz va hukumatimiz ko‘rsatayotgan doimiy 
g‘amxo‘rlik tufayli respublika soliqchilarining ish tajribasi endilik- 
da MDHga a’zo mamlakatlarda qiziqish uyg‘ota boshladi. 1995-
1996-yillarda Rossiya Federatsiyasi Soliq politsiyasi departamenti, 
Yaponiya Iv^pliya vazirligi delegatsiyasi, BMTning 0 ‘zbekiston Res- 
publikasidagi vakolatxonasi, Jahon banki va boshqalar 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi ish faoliyati bilan tanishdilar va 
unga yuqori baho berdilar.
Islohotlar amalga oshirila borgach bilvosita soliqlar hissasi ham 
o ‘zgara bordi. Bunday soliqlar ulushi 1996-yilning birinchi yarmida 
46,8 foizni tashkil etdi.
0 ‘zbekistonda hozirgi kunda soliq tizimida 1991-yilda qabul qi- 
lingan «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan so­
liqlar to‘g ‘risida»gi Qonun, shuningdek, 1995-yil 22-dekabrda ush- 
bu Qonunga kiritilgan o‘zgatishlar asosida ish yuritilmoqda. Ushbu 
Qonun hujjatlarida umumiqtisodiy hisoblangan soliqqa tortishning 
quyidagi to‘rt tamoyiliga asoslanadi:
- daromad manbalaridan qat’i nazar hamma daromadlami soliq­
qa tortishning majburiyligi;
- mahalliy hokimiyatlar mahoratini hisobga oigan holda butun 
mamlakatda yagona umumdavlat soliq siyosatini olib bar ish;
- korxonalar va tashkilotlar muhim ijtimoiy, iqtisodiy ekolo- 
gik masalalami hal etayotganligini hisobga olib, ulami manfaatdor
393


qilish maqsadida imtiyozlar berish orqali soliqlaming manfaat kel- 
tiruvchilik rolini ta’minlash. Bu jamiyat taraqqiyotining hozirgi bos- 
qichida g ‘oyat dolzarbdir. Lekin asta-sekin bozor qaror topishi bi­
lan og‘irlikning bir qismi davlat zimmasidan soqit bo‘lib, korxona 
va tashkilotlar zimmasiga yuklanadi. Chunki ishchilar salomatligi
atrof-muhit musaffoligi birinchi galda korxonalarga zarurdir;
- soliq to‘lovchilar majburiyatlarining bajarilishi ustidan raoli- 
yaviy nazorat o‘matish. Bu tamoyil soliq idoralarining bosh vazifasi 
bo‘lib qolmoqda. Biroq, iqtisodiy islohotlami amalga oshirish shuni 
ko‘rsatadiki, soliq tizimida hali mukammal kadrlar tayyorlanmagan.
Bu o‘z navbatida soliqqa tortish tamoyillarini 0 ‘zbekiston sha- 
roitiga moslab mukammal ishlab chiqish, Soliq Kodeksida atroflicha 
aks ettirish iqtisodiyotimizni bir me’yorda va barqaror rivojlanti- 
rishning mustahkam huquqiy-iqtisodiy negizini vujudga keltirishni 
anglatadi.
Shuning uchun ham 1996-yil 26-dekabrda mamlakat Oliy Majli- 
sining VII sessiyasi « 0 ‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi» 
loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilib, umumxalq muhokamasiga 
havola qildi.
Umumxalq muhokamasidan so‘ng bunday muhim hujjat 1997- 
yil 25-aprelda VIII sessiyada qabul qilindi. Bu, 0 ‘zbekistonda iqti­
sodiy barqarorlikni yanada mustahkamlashning zamonaviy huquqiy 
asosini yaratish imkonini beradi.
1991-1998-yillarda aholi yiliga 1,6-2,3 foiz darajasida o‘sib 
borganini kuzatish mumkin. 0 ‘zbekiston aholisi o‘sib borayotga- 
ni sababli ishlab chiqarishning yanada jadal o‘sishiga erishish lo- 
zim edi. Ushbu maqsadga erishildi: agar yalpi ichki mahsulotning 
o‘sishi asosan 1996-yildan boshlangan bo‘lsa, 1997-yildan boshlab 
YIM o ‘sishi aholi o ‘sish sur’atidan oshib kelmoqda, bu esa aholi jon 
boshiga ichki yalpi mahsulot darajasining oshishiga sabab bo‘ladi.
Har qanday davlatning iqtisodiy qudrati bevosita yalpi ichki 
mahsulot ishlab chiqarish salohiyati bilan belgilanadi. Bu iqtiso­
diy taraqqiyotning muhim omili sifatida jamiyatni tubdan moder- 
nizatsiyalash, ijtimoiy hayotni butun qirralari bilan yangilash, sa- 
maradorligini oshirishda alohida ahamiyatga ega. 2001-2007-yШаг 
0 ‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmi va 
sur’atining о ‘sib borishi mamlakatimizning jahon bozorida mustah­
kam o‘rin egallab borayotganidan dalolat beradi.
394



Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin