ma’naviy poklanishni amalga oshirish, eski aqidalardan xoli bo‘lish
zarurligini, keyinchalik esa milliy istiqlol
mafkurasini yaratish lo-
zimligini payqadi va kunning dolzarb vazifasi qilib qo‘ydi. Ochig‘ini
aytish kerak, mazkur muhim masalani to Prezidentning o‘zi dolzarb
vazifa qilib ko‘tarmaguncha hech kim bu haqda jiddiy qayg‘urmadi.
Bu o‘rinda 1992-yil 2-iyulda bo‘lgan 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining 0 ‘ninchi sessiyasi hujjatlarini alohida ta’kidlash lo-
zim. Unda Prezident respublika hukumati o ‘tkazayotgan ichki va
tashqi siyosatning asosiy yo‘nalishlari, 0 ‘zbekistondagi ijtimoiy-
iqtisodiy ahvol haqida axborot berdi. Ma’ruzada Prezident bozor
munosabatlariga o‘tishda muqarrar tarzda hisobga olinadigan ijtimo-
iy ong, ijtimoiy ruhiyat masalasiga katta e’tibor berdi. Jumladan, u
0 ‘zbekiston Respublikasi o‘z taraqqiyotining yangi davriga kirgani-
ga, kishilarda shubhasiz yangi tafakkur va dunyoqarashni shakllanti-
rishni talab qila boshlaganiga e’tibomi qaratdi. 0 ‘z fikrini rivojlanti-
rib, Prezident aw algi yakkahukmron
mafkura mulkka munosabatda
egasizlik tushunchalarini kishilar ongiga singdirib kelganini, u tad-
birkorlikka yo‘l ochmasligini ta’kidladi.
Haqiqatan ham sho‘rolar davri mafkurasi kishilar ongiga ijti
moiy tenglik, boshqacha qilib aytganda, boqimandalik tushunchasi-
ni, ya’ni yaxshi ishlasam ham, yomon
ishlasam ham davlat baribir
boqadi, degan mafkurani singdirib kelgan edi. Bunday yondashish
kishilarda tashabbusni bo‘g ‘ib qo‘yardi. Chunki kishi o ‘zining sa-
marali mehnatidan manfaatdor bo‘lmasa unda halol mehnatga in-
tilish, ish natijasi uchun mas’uliyatni oshirish tuyg‘usi yo‘qoladi.
Shuning uchun ham Oliy Kengash X sessiyasida chinakam mustaqil
0 ‘zbekiston davlatini barpo qilish yo‘lida barchaning birlashishiga
erishish kunning dolzarb vazifasi qilib qo‘yildi. Bunday vazifani
esa barcha uchun muqaddas hisoblangan milliy istiqlol mafkurasi,
mustaqillikni mustahkamlashga qaratilgan g ‘oyalar
orqali uddalash
mumkin edi.
Dostları ilə paylaş: