Bu ko'hna dunyoda jahongirlar ko‘p o‘tgan.
Ulaming aksariyati
faqat buzgan. Amir Temuming ulardan farqi shundaki, u umr bo‘yi
bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan. U muborak zot aytganlarki:
«Qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim,
bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim».
Yana bir o‘rinda esa shunday deganlar:
«Dunyoning yarmi-
ni oldim. saltanatimning u chetidan bu chetiga biror bolakay
boshida bir lagan tilla ko‘tarib o‘tadigan bo‘lsa, bir donasiga
ham zarar yetkazmaydigan tartib-intizom o‘rnatdim».
Hali telefon, telegraf, kommunikatsiya vositalari bo‘lmagan bir
sharoitda Amir Temur Sharqni G‘arb bilan tinchlik, tijorat,
elchilik
yoTi vositasida birlashtirishga harakat qilgan. Bizning bugungi siyo-
satimiz Amir Temuming bu borada olib borgan olijanob ishlarining
davomidir.
Muhtaram do‘stlar!
Karami ulug‘
Alloh xalqimizga, Vatanimizga shu qadar marha-
mat qilibdiki, millatimizga Amir Temurdek
buyuk sohibqironni be-
ribdi. Buning uchun yaratganga har qancha shukrona aytsak arziydi.
Insoniyat yangi asrga qadam qo‘yayotgan bugungi kunda ham
Amir Temur ma’naviyati va shijoati, adolatparvar
siyosati yuksak
ibrat namunasi boTib qolg‘usidir.
Yana bir bor ta’kidlamoqchimanki,
kimki o‘zbek nomini,
o‘zbek njillatining kuch-qudratini, adolatparvarligini, cheksiz
imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo‘shgan hissa-
sini, shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo‘lsa, Amir
Temur siymosini esiashi kerak.
Bugungi qutlug4 kunda Amir Temur bobomiz baland ko‘targan
va asrimiz oxiriga kelib bizning qoiim izda qaytadan mag‘mr hilpi-
rayotgan mustaqilligimiz bayrog‘i
ostida turib sizlami, barcha xalqi-
mizni shu ulug‘ shodiyona bilan muborakbod etaman.
MaTumki, Shahrisabz ahlining temuriylar davri ulkan madaniy
va ma’naviy
merosini, noyob tarixiy yodgorliklami asrab-avaylash,
yosh avlodni buyuk ajdodimizning munosib vorislari,
ozod mamla-
katimiz buyuk istiqbolini yaratishga qodir kishilar qilib tarbiyalash
ishiga qo‘shgan alohida xizmatlarini e ’tiborga olib, Shahrisabz shah-
ri «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlangan edi.
Bugungi shu yuksak mukofotni sizlarga topshirishdan nihoyatda
xursandman.
Aziz do‘stlarim, yurtdoshlarim!
«*■
Buyuk sohibqironning mo‘tabar nomi bilan ataluvchi orden siz
larga muborak boTsin!
553
Bu oliy nishon ulug‘ bobomizni voyaga yetkazgan mo‘tabar
beshikka tumor bo‘lsin!
Iloyo, hammamizni sohibqiron Amir Temuming o‘lmas ruhlari
hamisha qoTlasin va barcha ishimizda madadkor bo‘lsin!
Dostları ilə paylaş: