Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə302/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Abu Bakr Mu­
hammad Narshaxiy 
naql qilishicha, Buxoroga turkiy qabilalar asos 
solgan bo‘lib, bu yerda 
«suv va daraxtlar, ov qilinadigan jonivor-
lar ko‘p bo‘lganidan kishilarga xush kelib, shu yerga joylash-
ganlar». 
Nar^Jiaxiy shuni ham ta’kidlaydiki, eng qadimgi milliy 
qahramonlarimizdan bo‘lmish Alp Erto‘nga (Afrosiyob) ham aynan 
Buxoroda dafn etilgan.
Bu tabarruk tuproqqa miloddan oldingi VI asrda eronlik 
Kay-
xusrav, 
miloddan aw algi IV asrda yunonistonlik Iskandar Zulqar- 
nayn, milodiy VII asrda arablar, XIII asrda 
Chingizxon, 
XIX asrda 
esa rus istilochilarining tajovuzlari ne-ne kulfatlar keltirmadi.
Bu azim shahar
Karmana, Boykent, Vobkent, Shofirkon,
Romitan, G‘ijduvon 
kabi qadimgi kentlami o‘z bag‘riga oigan 
Buxoro vohasida yashagan erksevar ajdodlarimiz har qanday istib- 
dod va zulmga qaramay, el-yurt ozodligi yo‘lida muttasil qahramo- 
nona kurashib keldilar.
Yovuz bosqinchilarga va istilochilarga qarshi ozodlik bayrog‘ini 
ko‘targan 
Shiroq, Spitamen, Mahmud Torobiy, Tomir xotun
(To‘maris), malika Qabaj xotun 
kabi ajdodlarimiz jasorati avlodlar 
uchun vatanparvarlik va shijoat timsolidir.
0 ‘tgan ikki yarim ming yil davomida o ‘zbek davtetchiligini 
boshqargan qadimiy 
xorazmshohlar, kushonlar, eftalitlar, ashi-
naliylar, somoniylar, qoraxoniylar, anushteginiylar, temuriylar,
565


shayboniylar, ashtarxoniylar, manqitlar 
sulolalari tariximizda, xu- 
susan, Buxoroi azimda o'ziga yarasha nom va iz qoldirdilar.
Buxoro, ayniqsa, temuriylar zamonida gullab-yashnadi. Jahon 
maydonida eng mo‘tabar shaharlardan biri darajasiga ko‘tarilgan Bu­
xoro ham diniy, ham dunyoviy ilmlar markazi sifatida nom chiqardi, 
hazrati Bahouddin Naqshband faoliyati aynan shu yillarda kechdi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin