So‘nggi mustamlaka zamonida Buxoroga boigan munosabat
hammamizga m a’lum. Inqilob bahonasida bu sharofatli shahar obi-
dalari yana bir bor vayrona etildi, uning asi farzandlari qatag‘on qi-
lindi. Xalq va uning moddiy-ma’naviy merosiga ko‘rsatilgan bunday
munosabat sobiq sho‘rolar tuzumining qanchalik g‘ayriinsoniy va
adolatsiz ekanligini ko‘rsatadi.
Muhtaram jamoa!
Har bir xalq o‘z yurtiga haqiqiy ega bo'lganda
uning tarixi
va salohiyati bo‘y-bastini, uning go‘zalligini dunyo ko‘z o ‘ngida
to‘la-to‘kis namoyon eta oladi. Bugun bu qadim shahar to‘yi dun
yo miqyosida keng nishonlanayotgan ekan, bu ham Istiqlolimiz
sharofatidir.
Istiqlol ko'hna Buxoro hayotiga yangi bir nafas olib keldi. Bu-
xoro viloyati va shahrida bugungi kunda zamonaviy sanoal,
qishloq
xo‘jaligi, ilm-fan, madaniyat va san’at yangi yuksalish yo‘liga kirdi.
Buxoro yurtining qiyofasi yildan-yilga o ‘zgarmoqda, yangi shukuh
topmoqda.
Buxoro neftni qayta ishlash korxonasining ishga tushgani dunyo
ahli tarafidan muhim voqea sifatida e’tirof etildi. Shahar va viloyatda
juda katta qurilish va obodonchilik ishlari olib borilmoqda.
Buxoro dehqonlari va mirishkorlari o ‘z
saxovatli mehnati bilan
Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqdalar.
Buxoroning tengsiz zardo‘zi liboslari, oltinga teng pillasi,
qorakoi terilari jahon bozorida munosib bahosini olmoqda.
Sharq m e’morchilik san’atining noyob namunalari bo‘lgan bar-
cha qadimiy obidalar mustaqillik sharofati bilan yana asi shakliga
qaytmoqda.
Buxoroning va buxoroliklaming yana bir katta yutug‘i shundaki,
bugun bu tabarruk zaminda turli millat-u dinga mansub kishilar - to-
jiklar,
turkmanlar, ruslar, yahudiylar, qozoqlar, koreyslar, armanlar
va boshqa o‘nlab millat vakillari o‘zbeklar bilan birga qo‘lni-qo‘lga
berib, do‘stona, ahil, hamkor va hamjihat bo‘lib yashamoqdalar.
Bugungi
fursatdan foydalanib, mard va tanti, g‘ururi baland,
ilmparvar va mehnatsevar Buxoro ahliga xalqimiz nomidan, shaxsan
o ‘z nomimdan minnatdorlik izhor etishni va ularga chuqur ta’zim
qilishni o‘zimning muqaddas burchim deb bilaman.
Aziz vatandoshlar!
Zamonlar o‘tar, yillar, asrlar o‘tadi. Hech shubha yo‘qki, far-
zandlarimiz, nevaralarimiz,
kelajak nasllar Buxoroga, uning qadim
tarixiga qayta-qayta murojaat etadilar.
Vatanimizni ozod va obod qilish uchun kurashda qurbon
5 6 8
bo‘lganlami, mustaqillik imorati poydevoriga birinchi g‘isht qo‘ygan
ota-bobolarini sira unutmaydilar.
Yangi o ‘sib kelayotgan avlodlarimiz o‘z tarixini, yurtini,
aziz-
avliyolarini, osori atiqalarini boshiga ko‘tarib, shu tariqa mil-
liy tuyg‘u, milliy g ‘urur, milliy iftixor hissiyotini ko'kka ko‘tarib,
umumshabariy qadriyatlar xazinasiga o‘zlarining munosib hissasini
qo‘shadilar.
Aziz do‘stlarim, vatandoshlarim!
Sizlami yana bir karra Buxoroi sharifning qutlug‘ to‘yi bilan
chin ko'ngildan tabriklayman!
Barcharaizga
ajdodlarimizga munosib, yana ming yillarga da-
vomdor buyuk ishlar qilish baxti nasib etsin!
Yaratganning o ‘zi bizning barcha ezgu ishlarimizda madadkor
bo'lsin!
Dostları ilə paylaş: