Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə358/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Qozog‘iston Respublikasining
Prezidenti 
NURSULTON NAZARBOYEV
0 ‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti 
ISLOM KARIMOV
( « O 'z b e k is to n o v o z i» , 1 9 9 3 - y il 3 0 -iy u l.)
* * *
Shu yillarda ijtimoiy hayotning ko‘pgina sohalari, xususan, ilm- 
fan, madaniyat sohasida 0 ‘zbekiston - Qozog‘iston munosabatla- 
ri yanada kengayganligini alohida uqtirish lozim. Xususan, 1996- 
yilgacha ilm-fan va texnologiyalaming 16 ta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha 107 ta qo‘shma loyiha tayyorlandi.
1994-yili 0 ‘zbekistonda Qozog‘iston Respublikasi Kunlari 
o'tkazildi va unda 0 ‘zbekiston - Qozog‘iston Markazini tashkil qi- 
lish xususida kelishib olindi. Tenglik asosida axborot va tahririyat
7 1 6


materiallari almashadigan boidi. Xalq xo‘jaligining boshqa sohala- 
rida ham 0 ‘zbekiston - Qozog‘iston munosabatlari yanada kengaya 
bordi. Xususan, madaniy aloqalar an’anaviy tus oldi.
Cho‘qon Valixonov, Abay, Jambul, Muxtor Avezov, Sobit Mu- 
qonov, Anvar Olimjonov, 0 ‘ljas Suleymonov va boshqa qozoq ijod- 
korlarining asarlari o‘zbek va qoraqalpoq tiliga tarjima qilindi. Ayni 
chog‘da Oybek, G‘afur G‘ulom, Mirtemir asarlari qozoq tilida om- 
maviy nusxalarda nashr qilinib, kitobxonlarga yetkazildi.
Hozirda Qozog‘istonda bir million o‘zbek, 0 ‘zbekistonda esa 
bir milliondan oshiq qozoq istiqomat qilayotganligi uchun ham ma­
daniy aloqalarga katta e’tibor berildi. 0 ‘zbekistonda 605 ta qozoq 
maktabi bo‘lib, unda 15 ming bola o‘qiydi. Toshkent, Sirdaryo, Jiz- 
zax, Nukus va Navoiy pedagogika institutlarida qozoq tilida o‘qish 
olib boriladigan bo‘limlar ishlay boshladi.
0 ‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzurida qozoq adabiyoti 
Kengashi, Jizzax viloyatida «Kok-tem» qozoq teatr studiyasi tashkil 
ctildi. 0 ‘zbekistonda 1992-yildan boshlab qozoq tilida «Nurli jol» 
respublika gazetasi nashr qilina boshlandi. Markaziy Osiyo davlatla- 
ri o‘z mustaqilligining dastlabki yillaridayoq iqtisodiy qiyinchiliklar- 
ga qaramay, Orol dengizini saqlab qolish, mintaqadagi ekologik va- 
ziyatni barqarorlashtirish yo‘lida kuchlami birlashtirish, bahamjihat 
hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish mumkinligini tushunib yetdilar. Mar­
kaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 1993-yil 26-martida Qozog‘iston 
Respublikaaining Qizil 0 ‘rda shahrida, 1994-yil 11-yanvarda Nukus 
shahrida, 1995-yil 3-martda Turkmaniston Respublikasining Tosh- 
hovuz shahrida, 1995-yil 20-sentabrda yana Nukus shahrida Orol 
dengizi muammosiga bag'ishlangan uchrashuvlar o‘tkazdilar va bu 
borada amaliy ishlar olib bora boshladilar.
Ayniqsa, 1999-yil 8-aprel kuni Turkmaniston Prezidentining 
saroyida b o iib o ‘tgan Orolni qutqarish Xalqaro jam g‘armasining 
majlisi haqida to‘xtalib o ‘tish o ‘rinli bo‘ladi. Unda Jamg‘arma Pre- 
zidenti - 0 ‘zbekiston rahbari Islom Karimov Jamg‘armaning 1997-
1999-yillardagi faoliyati haqida so‘zladi va kelgusida jam g‘armani 
rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini bayon qildi.
Majlisda ekologik falokat mintaqasidagi vaziyatni barqarorlash­
tirish borasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qi­
lindi. Davlat rahbarlari o ‘zaro hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik va 
xalqaro miqyosdagi masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
Mintaqamiz mamlakatlari davlat rahbarlarining Ashxabod sam- 
miti, albatta, faqat bir mavzu bilan cheklanib qolgani yo‘q. Sam- 
mitning birinchi kunidayoq kun tartibidan Orol muammolaridan 
tashqari, boshqa masalalar ham joy oldi. Bular orasida mintaqa miq-
7 1 7


yosidagi integratsiya jarayonlari, davlatlararo munosabatlar ham 
ko‘rib chiqildi. Prezidentlar o‘zaro manfaatli hamkorlik rivojiga 
turtki beradigan, davlatlarimizning xalqaro iqtisodiy munosabatlar 
tizimiga integratsiyalashuvini faollashtiradigan mintaqaviy loyiha- 
larini muhokama qildi. Ushbu loyihalar Kaspiy dengizi energetika 
zaxiralarini jahon bozoriga yetkazish, elektr energiyasi eksportini 
kengaytirish, telekommunikatsiya, ternir yo‘l va avtomobil yo‘li alo- 
qasiga taalluqlidir. Uchrashuvda mintaqaviy miqyosdagi va davlat­
lararo savdo-iqtisodiy aloqalami rivojlantirish masalasi ham ko‘rib 
chiqildi.
Sammitda 0 ‘zbekiston rahbari - Orolni qutqarish Xalqaro 
jam g‘armasi Prezidenti Islom Karimov Jamg‘armaning 1997-1999- 
yillar davridagi faoliyati haqida so‘zlab, o‘tgan vaqt mobaynida Orol 
muammosi ijobiy tomonga o‘zgarayotganini kuzatish mumkinligini, 
masalan, Orolbo‘yida aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan ulkan 
ishlar amalga oshirilayotganligini, onalar va bolalar sog‘lig‘ini mu- 
hofaza qilish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish, ichimlik suvi bilan 
ta’minlashning yaxshi yo‘lga qo‘yilganligini, Orol dengizi sathining 
pasayishi to‘xtatilganligini, xalqaro tashkilotlar tomonidan ham kat- 
ta loyihalami moliyalashtirish qiyin kechayotganligini inobatga olib, 
kelgusida esa ko‘proq imkoniyatlar darajasidagi loyihalarga e’tibor 
qaratish lozimligini alohida ta’kidladi.
Sammit kun tartibi doirasida Orolni qutqarish Xalqaro jam g‘ar- 
masining nizomiga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritish, Jamg‘arma 
va uning qoshida ochilgan tashkilotlar mavqeyini belgilash masala- 
lari ham ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida 0 ‘rta Osiyo mamla- 
katlari va Qozog‘iston rahbarlarining Qo‘shma bayonoti hamda Orol 
muammolari bo‘yicha uchrashuv yakunlariga doir Ashxabod Dekla- 
ratsiyasi qabul qilindi.
Markaziy Osiyo davlatlari qardoshlik munosabatlarida 0 ‘zbe- 
kiston va Tojikiston munosabatlari muhim ahamiyatga ega. Chun- 
ki, tojik va o ‘zbek xalqining o ‘tmishi, ulaming o ‘zaro bog‘liqligi 
va hozirgi munosabatlari turli davrlarda turlicha munozaralarga 
sabab boimoqda. Ayrim mafkurasi buzuq ig‘vogarlar ana shu har 
ikki millatning nozik jihatlaridan foydalanib, ulaming hissiyoti 
va sha’niga tegishmoqda. Har ikki millat o‘rtasiga nifoq solishga 
urinishlar boidi. Aslini olganda mintaqa xalqlarining shakllanish 
jarayoni asosan bir zamin va bir xil tarixiy sharoitda vujudga kel- 
gan. Ular bir xil hayotiy, ruhiy kechinmalar jarayonini boshdan 
kechirishgan. Dunyoqarashlari, ong va tushunchalari ana shu umu- 
miy yaxlitlik, umumiy-uyg‘unlik doirasida paydo bo‘lgan. Tillari- 
dagi turli lahjalar va shevalar ulaming bir butunligini, yaxlit va
7 1 8


umumiyligini inkor etmaydi. Aksincha o‘zaro yaqinligini, qardosh 
va qarindoshligini tasdiqlaydi. Ular o'rtasida kim qaysi tilda gap- 
lashayotgani bilan emas, kim qanday umumiy manfaat, umumiy 
qadriyat xususida o‘ylayotgani va unga intilayotgani bilan muno- 
sabatlarini baholashgan.
Novatorlar esa tojiklar va o‘zbeklar o‘rtasida turli g ‘aliz fikr 
va mulohazalami tarqatishga harakat qilayotirlar. Istiqlol yillarida 
0 ‘zbekiston va Tojikiston munosabatlaridagi asosiy tamoyil bir- 
birlarining suverenitetini hurmat qilish, ichki ishlariga aralashmaslik, 
ayni chog‘da o‘zaro hurmat bo‘ldi.
Shuning uchun ham keyingi 10 yilliklarda Tojikistonda yuz be- 
rayotgan notinch voqealarga o‘zbek xalqi, 0 ‘zbekiston rahbariyati 
befarq qaramadi. Tinchligi buzilgan tojik xalqiga o ‘zbek xalqi mun- 
tazam insonparvarlik yordamini berib turdi. Prezident Islom Kari­
mov bir qator xalqaro minbarlarda, jumladan, BMT, YXHT va MDH 
davlat rahbarlari bilan uchrashuvda Tojikistonda vaziyatni normal- 
lashtirishga, uni tinch, siyosiy yo‘1 bilan hal qilishga qaratilgan tak- 
liflami o‘rtaga tashladi. Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik 
va hamkorlik masalalari bo‘yicha BMTning Toshkentda doimiy 
ishlovchi seminarini chaqirish, Tojikiston va Afg‘oniston mojarola- 
ri, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini 
hal etish va boshqa masalalar bo‘yicha bir qator takliflami o ‘rtaga 
qo‘ydi.
%

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin