Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə357/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Mavzuga doir material
MDH davlatlarining boshliqiariga
murojaatnoma
Keyingi vaqtlarda MDH mamlakatlaridagi iqtisodiy islohotlarga, 
ulaming hamkorligini mustahkamlash va rivojlantirish ishiga behuda 
ziyon yetkazilmadi. Iqtisodiyotni birlashtirish sohasida kuch-g‘ayrat 
sarflash, MDH doirasidagi o ‘zaro aloqalami muvofiqlashtiruvchi 
davlatlararo tuzilmalami barpo etish sohasida amaliy ishlar qilish 
o‘miga, ayrim davlatlaming mintaqaviy ayirmachiligi, yakkalanishi 
tobora avj olib bormoqda. Ular qo‘shni davlatlaming iqtisodiy man- 
faatlariga ziyon yetkazib bo‘lsa ham tanglikdan mustaqil ravishda 
chiqib olishga intilmoqdalar. Ne mashaqqatlar bilan erishilgan ahd- 
lashuvlar biryoqlama harakatlar bilan tez-tez buzilmoqda. Jumladan, 
davlatlararo bank tuzish to‘g‘risida bir qancha parlamentlar tomoni- 
dan tasdiqlangan shartnomaga o'rinsiz ravishda xalaqit berilmoqda
715


va oqibatda bu shartnoma bajarilmay turibdi. Birgalikdagi xavfsiz- 
likka oid shartnoma, moliya-kredit siyosatining kelishib olingan qoi- 
dalari pisand qilinmayapti.
Mana shulaming hammasi MDH davlatlarining turli-tuman so- 
halaridagi bahamjihat harakat maydonini buzib, ularga bevosita iqti- 
sodiy zarar yetkazmoqda, buning ustiga odamlaming xafsalasini pir 
qilmoqda, hokimiyatga ishonchsizlik tug‘dirmoqda, ijtimoiy keskin- 
likni xatarli ravishda kuchaytirmoqda.
Biz voqealaming shu tarzda rivojlanib borishidan tashvishla- 
nib, sizlarga Hamdo'stlik davlatlari boshliqlarining yig‘ilishini hech 
kechiktirmay o‘tkazishni, unda quyidagi masalalami muhokama 
etishni taklif qilamiz:
1. Muvofiqlashtiruvchi - maslahat komiteti tegishli shartnoma 
loyihasini uzil-kesil ishlab chiqqanini e’tiborga olib, iqtisodiy itti- 
foqni va uning muvofiqlashtiruvchi tashkilotlarini tuzishga oid qaror 
qanday amalga oshirilayotgani haqida;
2. Davlatlararo bank to‘g ‘risidagi bitimni, eng avvalo MDHning 
to‘lov ittifoqini yaratish asosida davlatlararo ko‘p tomonlama hisob- 
kitoblami darhol amalga kiritish haqida;
3. Birgalikdagi xavfsizlikka oid shartnomani amalda ro‘yobga 
chiqarish va MDHning strategik kuchlari to‘g ‘risidagi bitimlaming 
bajarilishi haqida.
Davlat boshliqlarining uchrashuvini avgust oyining boshlarida 
Moskva shahrida yoki boshqa shaharda o ‘tkazish mumkin, deb hi- 
soblaymiz.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin