«Partiyaning vujudga kelishi va faoliyat ko‘rsatishidan bosh maqsad - deb ta’kidlanadi partiya Nizomi-
da -
partiya dasturida belgilanganidek, ko‘p ukladli iqtisodi- yotga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan fuqaro- lik jamiyatini qurish jarayoniga hamda unga xizmat qiladigan demokratik-huquqiy davlatni barpo etish ishiga amaliy hissa qo‘shishdir». Ushbu bosh maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun ho-
zirgi vaqtda joylarda mazkur partiyaning 2000 boshlang‘ich hudu-
diy tashkilotlari, 202 ta tuman va shahar partiya tashkilotlari hamda
14 viloyat maqomiga ega partiya tashkilotlari faoliyat ko‘rsatayapti.
Partiyaning «Fidokor» nomli ijtimoiy-siyosiy gazetasi mavjud.
1999-
yil 5 va 19-dekabr kunlari 0 ‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisiga saylangan deputatlardan 34 nafari Fidokorlar mil
liy demokratik partiyasi a ’zolaridir. 2000-yil 9-yanvar kuni bo‘lib
o‘tgan Prezident saylovida Islom Abdug‘aniyevich Karimovning
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi ham aynan Fi
dokorlar milliy-demokratik partiyasidan ko'rsatildi. Ma’lumki,
0 ‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ham o‘z vakili Abdulhafiz
Marahimovich Jalolovni 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga
nomzod qilib ko‘rsatgan edi. Xalqaro miqyosda umum e’tirof etil-
gan demokratik tamoyillarga to‘liq rioya qilingan holda xorijiy va
mahalliy kuzatuvchilaming nazorati ostida odilona tarzda, muqo-
billik asosida o ‘tkazilgan mazkur saylovda Fidokorlar partiyasidan
ko‘rsatilgan nomzod Islom Karimovning 0 ‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti etib saylanishi respublika tarixida muhim voqea bo‘ldi.
Bu bir tomondan, Fidokorlar milliy-demokratik partiyasining res
publika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi nufuzi kun sayin oshib borayot-
ganligini bildirsa, ikkinchi tomondan, respublika mustaqilligining
poydevori va ishonchli tayanchi hisoblanmish yosh, iqtidorli kadrlar-
ning siyosiy kuch sifatida birlashib, ko‘pfikrlilik, ko‘ppartiyaviylik
mavjud bo‘lgan sharoitda xalqaro andozalarga mos keladigan de
mokratik tamoyillarga to‘liq rioya qilgan holda o‘zining bosh maq-
sadini ro‘yobga chiqarishga, kelajagi buyuk davlat qurishga qodir
ekanligidan dalolat beradi.
2000-
yil 14-aprel kuni