Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Tadbirkorlar va ishbi­
larmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi
o‘zining ta’sis qumltoyiga to‘plandi va mamlakat siyosiy hayoti­
da yangi siyosiy kuch sifatida vujudga keldi. Uning raisi etib Mu- 
hammadyusuf Teshaboyev saylandi. 0 ‘zLiDeP o‘z dasturida siyosiy 
kuch sifatida tadbirkorlaming yo‘lini ochib, ulaming istiqbolini ham 
g‘oyaviy, ham amaliy sohalarda isbotlab berish, manfaatini himoya- 
lash, ertangi kunini ta’minlashni ko‘rsatib bergan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan mu- 
him qoida siyosiy institutlaming, mafkuralar, fikrlar xilma-xilligi va 
ulaming o‘zaro raqobat asosida rivojlanishi belgilab qo‘yildi**Bun- 
dan tashqari, 0 ‘zbekiston Respublikasining «Jamoat birlashmalari
7 - 0 ‘zb ek isto n tarix i, 3.
193


to‘g ‘risida»gi va siyosiy partiyalar faoliyati bilan bog‘liq bir qator 
qonunlari qabul qilindi. Mazkur davrda siyosiy partiyalar turli si­
yosiy tabaqa va guruhlaming irodasini ifoda etishi, demokratik yo‘l 
bilan saylab qo‘yiladigan vakillik organlari orqali davlat hokimiyati- 
ni tuzishda ishtirok etishi qonun bilan mustahkamlandi. 0 ‘zbekiston 
Respublikasining «Jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi qonuni si­
yosiy partiyalar faoliyatining umumiy tavsifini shakllantirib berdi. 
0 ‘zbekiston Respublikasining « 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
saylovi to‘g‘risida», « 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga say- 
lov to ‘g ‘risida», «Xalq deputatlari viloyat, turnan, shahar Kengash- 
lariga saylov to‘g‘risida»gi qonunlarining qabul qilinishi va amalga 
tatbiq etilishi mustaqillikning dastlabki yillarida amalga oshirilgan 
zarur demokratik islohotlardan biri bo‘ldi.
Ko‘ppartiyaviylik asosida saylangan yangi vakillik organi -
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi siyosiy partiyalar faoliya- 
tini yanada jadallashtirish borasida o ‘ziga xos ishlami olib bordi. 
«Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasining 
qonuni qabul qilindi. Vakillik organida siyosiy partiyalaming faoli- 
yatini va qonun qabul qilishda ishtirokini oshirish maqsadida frak- 
siyalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bir qator qonunlarga o‘zgartirish 
va qo‘shimchalar kiritildi. Qabul qilingan qonunlar fuqarolaming 
huquq va manfaatlarini muhofaza qilishga, jamiyatni demokratlash- 
tirishga, bozor islohotlarini sakrashlar va falaj qiluvchi holatlarsiz 
tezlashtirishga qaratildi.
Siyosiy partiyalaming aholi va o‘z saylovchilari o ‘rtasida 
obro‘-e’tiborini oshirish, ulaming iqtisodiy jihatdan mustaqilligini 
ta’minlash bilan bir qatorda moliyaviy manbalarini muvofiqlashtirish 
maqsadida 2004 yili 0 ‘zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiya­
lar faoliyatini moliyalash to‘g ‘risida»gi qonuni qabul qilindi.
0 ‘tgan davr mobaynida to‘plangan tajriba va ko‘nikmalarga 
tayangan holda 0 ‘zbekiston Respublikasida 2002-yil 27-yanvarda 
o‘tkazilgan umumxalq referendumi 0 ‘zbekistonda siyosiy partiya­
laming faoliyat yo‘nalishini yangi bosqichga ko‘tardi. 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisini ikki palatali qilib shakllantirish va uning 
quyi palatasini doimiy asosda faoliyat ko‘rsatishi siyosiy partiya 
respublika parlamentida ko‘proq o ‘rin egallashini, ular o‘rtasidagi 
o'zaro raqobat yuzaga kelishini ta’minlab berdi. « 0 ‘zbekiston Res­
publikasining Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi, «Xalq depu­
tatlari viloyat, turnan, shahar kengashlariga saylov to‘g ‘risida»gi 
0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va boshqa bir qator qonun 
hujjatlariga qo‘shimcha va o ‘zgartishlar kiritildi. « 0 ‘zbekiston
194


Kcspublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi to‘g ‘risida»gi, 
« 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Reglamenti to‘g‘risida»gi 
0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlari yangidan qabul qilindi.
Ikki palatali parlament tizimida nafaqat respublika vakillik or- 
ganlarida siyosiy partiyalaming faoliyati samaraliroq kuzatildi, balki 
joylardagi vakillik organlarida ham ular awalgiga qaraganda ancha 
faolroq ishtirok etadilar. Chunki parlamentning yuqori palatasi - Se­
nat aynan joylardagi vakillik asosida shakllantirilishi qonunchilikda 
belgilab qo‘yüdi.
Ikki palatali parlamentning shakllantirilishi siyosiy partiyalar fa- 
oliyatidagi yana bir yangi bosqich bo‘ldi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 0 ‘zbe- 
kiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Sena- 
tining qo‘shma majlisidagi 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin