Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Birinchidan, 
u hali partiya rahbari va siyosiy yetakchi sifatida 
omma ichiga kirib ulgurmagan, xalqning alohida e’tiborini qozonol- 
magan edi.
Ikkinchidan, 
«Erk» demokratik partiyasi dasturlari, partiya 
rahbariyatining omma orasidagi chiqishlari tom ma’noda jamiyatni 
tubdan isloh qilish va uni butunlay yangi o ‘zanga burib yuborishga
2 0 4


qodir emasligini xalq yaxshi tushunib oigan edi. Partiya xulosalari, 
islohotlar uchun taklif etgan mulohazalari hayotiy jihatdan ham, il- 
miy jihatdan ham, siyosiy jihatdan ham yetukligiga hech kim kafolat 
bermas edi. Aksincha, ulaming o‘zlari ortiqcha shovqin-suron va 
dabdabalar bilan sun’iy ravishda o‘z nufuzlarini oshirishga intili- 
shardi.
Uchinchidan, 
Prezident Islom Karimov esa mamlakat jar yo- 
qasiga borib qolgan eng qiyin va ziddiyatli paytlarda o‘z iqtidori- 
ni ko‘rsata oigan, o‘z fikrining va g‘oyasining to‘g‘riligiga xalqni 
ishontira bilgan edi. Bu, ayniqsa, Sobiq Ittifoq tarqalishi oldidan yuz 
bergan jiddiy ijtimoiy-siyosiy jarayonlar - millatlararo nizolar, qonli 
to‘qnashuvlar va eng muhimi Moskva bilan Toshkent o‘rtasidagi 
siyosiy kurashlarda yaqqol ko‘zga tashlangan edi. Xalq mamlakat- 
ga xuddi ana shunday rahbar zarurligini, uni har jihatdan qoilab- 
quwatlash kerakligini anglab oigan edi. Saylovlar arafasidagi 
barcha siyosiy o‘yinlar, jizzakiliklar, zarda qilishlar va boshqa xatti- 
harakatlar ayni ana shu hayotiy haqiqatni tan olmaslikdan, hokimi- 
yatga egalik xuruji tobora kuchayganidan, mansab va kursiga jon- 
jahdi bilan intilish jazavasidan kelib chiqqan edi.
Ko‘p nomzodli Prezident saylovlari bugungi hodisa emas. Bu 
jahon tajribasida bor va demokratik tamoyillar qaror topgan dunyo- 
ning juda ko‘p mamlakatlarida qat’iy tartib va an’anaga aylangan 
voqelik. 
%
Biroq ularda saylovlar yuksak siyosiy madaniyat, oshkora, ro‘yi- 
rost faoliyat asosida o‘tadi. Bir necha partiya, harakat va boshqa si­
yosiy guruhlar nomzodlari saylovda bir yo‘la ishtirok etsalar-da, ta- 
biiyki, ulaming faqat bittasi Prezidentlikka saylanadi. Qolganlar esa 
yana go‘yo hech narsa bo‘lmaganday o ‘z faoliyatlarini davom etti- 
raveradilar. Umumiy manfaat - mamlakat va xalq manfaati yo‘lida 
birlashib ketadilar. Ichki adovat, kek saqlash, oxir-oqibatda esa dav- 
lat to‘ntarishini amalga oshirishga bormaydilar. Bu o ‘sha nomzodlar- 
ning ham, ular tarafdorlarining ham va umuman mamlakatda qaror 
topgan demokratik tamoyillaming ham ma’naviy qiyofasini, siyosiy 
madaniyatini belgilaydi.
1991-yilgi Prezident saylovlari xalqimizni ko‘p narsaga o‘rgatdi. 
«Meni saylang, meni saylang» qabilidagi bozorchilikni ham, har 
qanday tashkiliy-siyosiy ishlardan xatoliklar qidirish yo‘li bilan 
«suvni loyqalatish» holatlarini ham ko‘rdi. Biroq, u sobiq SSSR 
hukumati jazavaga tushgan, kichik xalqlarga zug‘um qilaÿbtgan 
bir paytda o ‘z hukumatining qat’iyat bilan ishlaganidan, Moskva -
Toshkent o‘rtasidagi siyosiy «jang»laming ko‘pidan xabardor edi.
2 0 5


Mamlakatda sog‘lom g‘oya, ochiq siyosiy hayot qaror topayotga- 
nini ko‘rib turardi. Mustamlakachilikdan ozod bo‘lish va mustaqil- 
likni e’lon qilishdagi jasoratini qadrlar va ana shunday hukumatga 
yashash qanchalik qiyin, mashaqqatli bo‘lmasin, imon-e’tiqodi bilan 
ishonar edi. Shuning uchun ham u saylov kompaniyasi paytida turli 
siyosiy nayranglarga uchmadi.
Mamlakatda vujudga kelgan vaqtinchalik tanglikdan foyda- 
lanishga urinishlar ana shunday qizg‘in tus oldi. Mustaqillikning 
dastlabki yillari ijtimoiy-siyosiy jihatdan xalqimizga bir qator qiyin- 
chiliklar keltirdi. G ‘oyaviy muxoliflar esa o ‘z xatti-harakatlari bilan 
uni tobora chigallashtirishdi, mamlakatda ma’naviy-ruhiy vaziyatni 
murakkablashtirishdi. Ana shunday qiyin va ziddiyatli bir paytda 
0 ‘zbekiston hukumati masalaga jiddiy qaradi. Buni Prezident Islom 
Karimovning 1993-yil 2-3-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis- 
ning X sessiyasida so‘zlagan nutqida yaqqol ko‘rish mumkin: 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin