kunlarida tutgan qat’iy siyosiy yo‘li, strategik qarashlari edi. Ayni
ana shunday qat’iyat, ju r’at, ichki va tashqi g ‘animlarimiz zo‘r be-
rib 0 ‘zbekistonda barqarorlikni yo‘q
qilishga, fuqarolar urushi-
ni keltirib chiqarishga urinayotgan bir paytda uning sobitqadam-
ligidan, har qanday ig‘vogarliklarga yo‘l qo‘ymaslik
choralarini
ko‘rayotganligidan dalolat beradi.
«Erk» demokratik partiyasi vakillari va ularning homiylari
mamlakatda vujudga kelgan qiyinchiliklami ro‘kach qilib, har qan
day yo‘l bilan hokimiyat tepasiga chiqib olish uchun ochiqdan-ochiq
kurash boshladilar. Ular ko‘cha-ko‘ylarda mitinglar uyushtirib, om-
maviy noroziliklami keltirib chiqarishga harakat qildilar. Xalq sayla-
gan deputatlarga
ishonchsizlik bildirib, ularning iste’foga chiqishla-
rini talab qilishdi. Ayni Tojikiston voqealarini takrorlashga intilishdi.
Demak, oldin shiorbozlik, mitingbozlik, keyin katta maydonlarda va
hukumat binolari oldida ochlik e’lon qilishlar, undan so‘ng
esa qu-
rolni ishga solib qonuniy parlamentni barbod etish va nihoyat davlat
to‘ntarishini amalga oshirish...
Balki hukumat boshqaruv jilovini ozgina bo‘shashtirganida,
ikkilanish yoki sarosimaga tushganida Tojikistondagi voqealardan
ham dahshatlirog‘i yuz berishi mumkin edi. Lekin unday bo‘lmadi.
0 ‘zbekiston hukumati qanchalik ta’na-dashnomlar yomg‘iri tagida
qolmasin demokratiya kushandasi, diktatura hokimiyati degan malo-
matlami eshitmasin, o ‘z yo‘lida qat’iy turdi, ikkilanmadi.
«Erk» demokratik partiyasining tajovuzkorona
harakatlari va
siyosiy qo‘poruvchilik faoliyati, ayniqsa, 1991-yil 29-dekabrdagi
Prezident saylovlari kunlarida yuqori cho‘qqiga chiqdi. Partiya va
killari saylovchilar bilan uchrashuvlarda, partiya yig‘ilishlarida ehti-
rosga berilishlar, qonuniy hukumatni ochiqdan-ochiq
badnom qilish
va zo‘ravonlik harakatlarini yaqqol namoyish qildilar. To‘g ‘ridan
to‘g ‘ri hukumat rahbarlariga turli yo‘llar bilan g‘oyaviy, siyosiy va
m a’naviy zarba berishga harakat qildilar.
Prezident saylovlarida M.Solihning yetarli ovoz ololmasligi aniq
edi. Buni uning o‘zi ham, tarafdorlari ham yaxshi bilishar edi. Al-
batta, M.Solihning saylovda g ‘alaba qozonolmasligining o ‘ziga xos
asoslari bor edi:
Dostları ilə paylaş: