kommunistik partiya tarqatib yuborilgandan so‘ng ham endigina
shakllanayotgan yangi ijtimoiy-siyosiy tuzum sharoitlarida yuz bera-
yotgan hodisalarga keskin qarshi turganligi mantiqsizlik edi.
Ular o ‘zlarining har bir chiqishlarida yangilanayotgan tuzum
hukumati va mustaqillik tashabbuskorlarini eskicha ishlayotganga,
islohotlar o‘tkazishga qodir emaslikda ayblashardi.
Xalqni oyoqqa
turishga, qalqishga, keskin norozilik bildirishga da’vat etishardi.
Jamiyat qon-qoniga singib ketgan qatag‘onchilik, byurokratiya va
to‘rachilik illatlarini tezda barbod etish, ertaklardagi singari «bir yu-
malab» yangi hayotga erishish mumkin emas edi. Bu tabiiy jarayon.
Bir yuz o ‘ttiz yillik tobelik kayfiyatlarini, mutelik ruhiyatini sindirib,
yangicha yashash tamoyillarini anglash uchun vaqt kerakligini tu-
shunishmadi.
Yoki aksincha, yaxshigina tushunishardi-yu norozilik
kuchayishidan manfaatdor edilar.
Vaholanki, qariyb 130 yillik mustamlakachilikdan ozod bo‘lgan
mamlakat taqdiri o‘zini chinakam vatanparvar deb bilgan har qan-
day kishini qiziqtirishi, g‘oyasi, e’tiqodi,
kasb-u kori, ijtimoiy kelib
chiqishi va millatidan qat’i nazar ana shu muqaddas zamin istiqboli
yo‘lida, yangi g‘oya - mustaqil taraqqiyot g‘oyasi atrofida jipsla-
shish lozim edi.
Ikkinchidan,
xalq uzoq yillik siyosiy iskanjadan ozod bo‘lgach,
u endi o ‘zini qayerga qo‘yishini,
qanday yoidan borishini, kelajagi-
ni qanday belgilashni bilmay qolgan edi. Mamlakatda sarosimalik
vujudga keldi. Ishlab chiqarishda parokandalik yuz berdi. Sobiq it-
tifoqning yagona iqtisodiy makonida vujudga kelgan po‘lat zanjirlar
uzilgach, kun kechirish og‘irlashdi. Odamlarda ruhiy horg‘inlik, asa-
biy charchog‘lik, ma’naviy kemtiklik va
asabiy taranglik kayfiyati
paydo bo‘ldi. Bu aytish mumkinki, har qanday sharoitda ham siyo
siy kuchlardan jiddiyroq o ‘ylashni, jiddiyroq harakat qilishni, har
bir qadamini o ‘ylab bosishni taqozo etardi. Chunki ta’bir joiz bo‘lsa
mamlakatning o ‘sha paytdagi ahvoli nihoyatda ulkan gaz bochka-
siga o ‘xshardi. Uning tuynugiga befarqlik
bilan bir gugurt chaqish
halokatli va falokatli hodisaga olib kelishi muqarrar edi. Ana shun-
day paytda «Erk» demokratik partiyasi mustamlakachilik siyosatiga
nisbatan qanday pozitsiyada turgan b o isa,
mustaqillikning qonuniy
hukumatiga ham xuddi shunday pozitsiyada turdi. Vaholanki, yigir-
ma milliondan ortiq aholi taqdiri bitta gugurt chaqilishi bilan bog‘liq
bo‘lgan tahlikali vaziyatda edi. Bu muxolifatchilaming jiddiy siyosiy
xatosi, uzoqni ko‘ra olmaslik illati edi.
Ana shunday jiddiy xulosalardan kelib chiqib aytish mumkinki,
0 ‘zbekistonda vujudga kelgan «demokratiya jarchilari»ning
baland-
208
parvoz shiorlari-yu qalin-qalin nizom va dasturlari shunchaki gap
bo‘lgan, xolos. Chunki ulaming oldingi hukumatga ham, keyingi
hukumatga ham birday qarshi turishlaridan
mamlakat va xalq man-
faati uchun kurash emas, ayni hokimiyat uchun kurash, toj-u taxt
jangi, amal-u kursi kurashi ekanligi ayon bo‘ldi. «Erk» demokratik
Dostları ilə paylaş: